Янгилик сюжетлари

Tadbirkor ayollar haftasi Nukus shahrida boshlanmoqda

Joriy yilning 3 – 5 iyun kunlari Nukus shahrida 100dan ortiq kichik va o`rta biznes sohasida band bo’lgan Qoraqolpog’iston Respublikasining tadbirkor ayollari bir qator ta’limiy tadbirlarda ishtirok etadi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Women in Business Week starts in Nukus

Joriy yilning 3 – 5 iyun kunlari Nukus shahrida 100dan ortiq kichik va o`rta biznes sohasida band bo’lgan Qoraqolpog’iston Respublikasining tadbirkor ayollari bir qator ta’limiy tadbirlarda ishtirok etadi. Tadbirkor ayollar haftasi Buyuk Britaniya Elchixonasi va Tadbirkor ayollar uyushmasini Qoraqolpog’iston respublikasi bo’limi bilan hamkorlikda o’tkazilmoqda.

Tadbirkor ayollar haftasi doirasida Buyuk Britaniyalik mashxur mutaxassislaridan biri biznes boshqaruv bo’yicha bir nechta master-klasslar o’tkizadi, bundan tashqari britaniyalik korxonalarda ish yurutayotgan menedjer ayollar bilan davra suhbatlari rejalashtirilgan: ayollar o’zaro fikr va tajriba almashib muvaffaqiyatga yetishish yo’llarini muxokama qiladi. Buning ustiga hafta davomida floristika, dizayn va portyer, pardalar hamda zamonaviy liboslar tikish bo’yicha treninglar bo’lib o’tadi.

3 iyun kuni “Jipek Joli” mehmonxonasida bo’lib o’tgan Tadbirkor ayollar haftasi ochilish marosimida shahar hokimiyati, Tadbirkor ayollar uyushmasini Qoraqolpog’iston respublikasi bo’limi vakillari, keng jamoatchilik vakillari, tadbirkorlar va jurnalistlar qatnashdilar.

Ochilish marosimda nutq bilan chiqqan Buyuk Britaniya Elchisining o’rinbosari, Alison Bekett Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari, Saida Warsining tadbirga bag’ishlangan maxsus tabriknomasini o’qib berdi:

O’zbekistonda iqtidorli ayollar juda ko’p. Ular an’anaviy san’at hamda hunarmandchilik sohalarida o’z mahoratini ajoyib tarzda namoyish qilib kelmoqda. Buni men O’zbekistonga oldingi tashriflarimdan yaxshi bilaman. O’zbek ayollarining mohirligini muvaffaqiyatli kichik biznesga aylantirish uchun ko’mak bo’lishi juda muhim. Ishonchim komil, bo’lib o’tayotgan hafta ijobiy o’zgarishlar olib keladi. Tadbirkor ayollar haftasini ishtirokchilari britaniyalik hamkasblari bilan uchrashib, tajriba almashganidan juda mamnunman.

Bu tadbirni har bir ishtirokchisiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman va bu tadbirni natijalari haqida ma’lumotlar va yangiliklar kutib qolaman.

Нашр қилинган 3 June 2014