Янгилик сюжетлари

O’zbekiston Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo’ravonlikka qarshi kurash masalalariga bag’ishlangan Global Sammitda ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 10 -13 iyun kunlari London shahrida Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo’ravonlikka qarshi kurash masalalariga bag’ishlangan Global Sammit bo’lib o’tadi

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
the Global Summit to End Sexual Violence in Conflict

Joriy yilning 10 -13 iyun kunlari London shahrida Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo’ravonlikka qarshi kurash masalalariga bag’ishlangan Global Sammit bo’lib o’tadi. Uilyam Heyg, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va Anjelina Joli, BMTning Qochqinlar bo’yicha Oliy Komissarligining Maxsus Elchisi Sammitga boshchilik qiladi. Sammit bu masalaga bag’ishlangan yagona tadbir. Ixtilof sharoitida zo’ravonlikni to’xtatish uchun amaliy dasturni ishlab chiqarish Sammitning asosiy maqsadidir. Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo’ravonlikni to’xtatishga bag’ishlangan BMTning Deklaratsini tasdiqlagan 150 davlat vakillari Sammitga taklif qilingan. Bundan tashqari sammitda huquqshunoslar, harbiy xizmatchilar, sud idoralarining vakillari, xalqaro tashkilotlarning mutaxassislari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolik jamiyat vakillari ishtirok etib, o’z tajribasini bo’lishadi. Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo’ravonlikni to’xtatishda muvaffaqiyatga erishish uchun Sammit doirasida xalqaro jamiyat aniq dasturni ishlab chiqaradi. Sammit davomida Jinsiy Zo’ravonlik bo’yicha tergov jarayonida ishlatiladigan birinchi Xalqaro Protokol taqdim etiladi. Ushbu Protokol tergovchilarga hujum uyushtirilganidan so’ng ma’lumotlarni va dalillarni saqlash qoidalari haqida ma’lumot beradi, bu esa jinoyatchilarni kelajakda javobgarlikka tortish uchun imkoniyat yaratib beradi, hamda qurbon va omon qolganlarni boshqa psihologik jarohatlardan asraydi. Buning ustiga Sammit o’z oldiga harbiy nazariyani qarab chiqishni maqsad qilib qo’ygan. Bu degani ixtilof sharoitida ishlayotgan tashkilotlar qo’shimcha ko’makga va yangi hamkorlik aloqalarga erishadi. O’zbekiston BMTning Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo’ravonlikni to’xtatishga bag’ishlangan Deklaratsini qo’llab – quvvatlagan Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi davlat bo’ldi . Summitda O’zbekiston tarafidandan O’zbekistoning Buyuk Britaniyadagi Favqullodda va Muhtor Elchisi janob Otabek Akbarov qatnashadi.

Нашр қилинган 11 June 2014