Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar palatasi a’zosi O’zbekistonga tashrifini yakunladi

Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a’zosi, Britaniya Imperiyasi ordenining faxriy qo’mondoni, Baronessa Stern 2016-yil 19-21 oktabr kunlari O’zbekistonda bo’ldi.

The International Conference dedicated to the 20th anniversary of establishment of the National Human Rights Institutions of Uzbekistan.

Baronessaning tashrifidan maqsad milliy inson huquqlari institutlarining Buyuk Britaniya Parlamenti bilan o’zaro munosabatlari amaliyoti haqida axborot ulashish, hamda Buyuk Britaniya va O’zbekiston parlamentlari munosabatlarini yanada yaxshilashning amaliy choralari haqida fikr almashish edi.

O’zining safari davomida Baronessa Stern honim O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o’rinbosari janob Sayfullo Nurmatov, Adliya vaziri o’rinbosari janob Anvar Usmonov, Bosh prokuror o’rinbosari janob Sh. Matiyev, Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz direktori Doktor Akmal Saidov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) Ulug’bek Mukhammadiev va Oliy Majlis Senati raisining o’rinbosari Svetlana Artikova honim bilan uchrashdi.

Bundan tashqari, Baronessa Stern honim O’zbekton inson huquqlari milliy institutlariga asos solinganining 20 yilligiga bag’ishlangan Xalqaro Konferensiyada ishtirok etdi va Toshkent davlat yuridik universitetida ma’ruza o’qidi. Baronessa Stern Esseks Universiteti tomonidan nashr qilingan va Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Elchixonasi tomonidan O’zbek tiliga tarjima qilingan va chop etilgan “Qiynoqlar: axborotlar tuzish bo’yicha qo’llanma” kitobining ikkinchi nashrini 500 nusxada taqdim etdi.

Нашр қилинган 28 October 2016