Янгилик сюжетлари

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elchixonalari Toshkentda iqlim o’zgarishiga qarshi kurash kunini nishonladilar

Joriy yilning 9 sentyabr kuni O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar o’z qarorgohida Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Fransiya va Germaniya Elchixonalari vakillari bilan birgalikda iqlim o’zgarishga qarshi kurash kunini nishonladilar.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
EU Member States’ embassies mark Climate Change Day in Tashkent

Joriy yilning 9 sentyabr kuni O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar o’z qarorgohida Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Fransiya va Germaniya Elchixonalari vakillari bilan birgalikda iqlim o’zgarishga qarshi kurash kunini nishonladilar.

Bu tadbir iqlim o’zgarishiga yanada ham ko’proq ahamiyatni qaratib, do’lzarb va samarali harakatlar va chora-tadbirlarning kiritilishi va ‘issiqxona gazlari’ miqdorini kamaytirish uchun xalqaro huquqiy hujjatning zaruriyligi masalalariga bag’ishlangan. 50 nafar mehmon; ular ichida O’zbekiston hukumati vakillari, iqlim bo’yicha davlat va nodavlat mutaxassislar, diplomatlar, xalqaro tashkilotlarning vakillari, muxbirlar va iqlim masalalariga qiziqqan yoshlar tadbirga tashrif buyurdilar.

O’z kirish nutqida Elchi Edgar dunyoda tez oshib borayotgan issiqlik haqida va uning iqlim o’zgarishiga global ta’siri haqida batafsil to’xtalib o’tdi. “Dunyodagi har bir davlat bu muammo bilan kurashib kelmoqda. Shuning uchun ham bu yilning dekabr oyida, Lima shaxrida va keyingi yil Parij shaxrida bo’lib o’tadigan iqlimga oid uchrashuvlar davomida butun dunyo hamjamiyati yoqilg’i sifatida foydalanadigan qazilmalar ishlatilishi bo’yicha bir shartnomani kelishib olishi, va shunday qilib, zararli emissiyalar miqdorini dunyoda kamaytirishi juda muhim” – dedi janob Elchi.

Vaqtinchalik O’zbekistondagi Fransiya Elchisining vazifalarini bajarayotgan Miriam Gallan o’z kirish nutqida kelgusi yil Parijda bo’lib o’tadigan konferentsiya davomida o’zgaradigan yondashuv haqida gapirdi; yani butun dunyoda bu iqlim o’zgarishiga muammo sifatida emas, balki yechimi bor masala sifatida qaralishi haqida aytib o’tdi. “Agar bu masala imkoniyat sifatida qarab chiqilsa, yangiliklar kiritilsa, yangi ish joylari tashkil etilsa, energetika havfsizligi yaxshilansa, sog’lom atrof-muhit va xolis jamiyat yaratilsa - yechim albatta topiladi” – dedi Fransiya vakili.

Vaqtinchalik O’zbekistondagi Germaniya Elchisining vazifalarini bajarayotgan janob Torsten Gyoler tinglovchilarga Germaniya hukumati va jamiyati iqlim o’zgarishi masalasini hozirgi vaqtdagi asosiy global muammo sifatida ko’rishini aytib o’tdi. Undan tashqari janob Gyoler Orol dengizining taqdiri namumasida dunyoda qanday o’zgarishlar yuz berishi ehtimolini tilga oldi va Markaziy Osiyo davlatlari butun dunyo hamjamiyati bilan hamkorlikda bu masalaning yechimini to’pa oladilar degan fikrni bildirdi. Janob Ondrei Shimek, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Siyosat bo’limining boshlig’iga ko’ra iqlim o’zgarishini oldini olish YI uchun ustuvor masaladir. YI ‘issiqxona gazlarini’ kamaytirish yo’lida faol ish olib boradi va boshqa millatlarni ham shunday qilishga undaydi. Boshqa strategik va taraqqiyot masalari bilan birga, YI bu yonalishda ham hamkor davlatlarni qo’llab-quvvatlashga tayyor.

Bundan bir oy avval YI Delegatsiyasi va hamkor elchixonalar Facebook tamog’ida “Iqlim o’zgarishi men uchun qanday ahamiyatga ega?” deb nomlangan musobaqani tashkil etti. Bu musobaqaning g’oliblari ham tadbirga tashrif buyurdilar va ajoyib sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek mehmonlar “Ahmoqlar davri” deya nomlangan badiy filmni ko’rishga muvofiq bo’ldilar. Filmning bosh qahramoni 2055 yilda vayron bo’lgan Yerda yashab, “nega biz sayyoramizni saqlab qolish uchun harakat qilmaganmiz” degan savolni beradi. Film tugagach qizg’in savollar va javoblar sessiyasi joy oldi.

Нашр қилинган 10 September 2014