Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Elchixonasi Qirolichaning tug’ilgan kunini nishonladi

Oliya Hazratlarining O’zbekistondaki Elchisi Qirolicha Yelizavetta Ikkinchi Zoti Oliyalarining tavallud topgan kuniga bag’ishlangan rasmiy tantana o’tkazdi

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
British Embassy celebrates the Queen’s Birthday

Joriy yilning 13 iyun kuni Oliya Hazratlarining O’zbekistondaki Elchisi Qirolicha Yelizavetta Ikkinchi Zoti Oliyalarining tavallud topgan kuniga bag’ishlangan rasmiy tantana o’tkazdi va ikki tamonlama aloqalarni yanada ham mustahkamlanishiga ravnaq qo’shdi.

Kechagi kun olti yuzga yaqin mehmonlar – Toshkent diplomatik korpusining vakillari va O’zbek mehmonlar Qirolicha Zoti Oliyalarining tavallud topgan kuniga bag’ishlangan tadbirga tashrif buyurdi. Ular ichida: siyosatchilar, tadbirkorlar va madaniyat arboblari. Janob Elyor G’aniev, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vaziri va janob Sodiq Safoev, Oliy Majlisi Tashqi siyosat ishlari bo’yicha qomitasining raisi eng yuqori darajali O’zbek mehmonlari bo’ldilar. Mehmonlar orasida Elchixonaning va Britaniya Kengashining Facebookdagi do’stlari ham bor edi. Ular maxsus bellashuvda ishtirok etib, tabirga taklifnomalarni yutib oldilar.

Oliya Hazratlarining Elchisi mehmonlarni qutladi va O’zbekiston – Buyuk Britaniya ikki tamonlama aloqalari haqida to’xtalib o’tdi:

Ohirgi yil - O’zbekiston va Buyuk Britaniya ikki tamonlama munosabatlari uchun qizg’in palla bo’ldi. Vazir, janob G’aniev va Tashqi ishlar Vaziri janob Komilovni bu yil Noyabr oyida Londonda qarshilaganimizdan hursandmiz. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar Vazirining Birinichi o’rinbosari Baronessa Varsi O’zbekistonga aprel oyida uchinchi marotaba tashrif buyurdi. So’nggi kunlarda bir necha tadbirda menga Britaniya Kengashining yoshlarga ingliz tilini o’rgatish va ularning ish bilan ta’minlanishi uchun kerakli bo’lgan bilimlarni egallashida O’zbekiston hukumatining oldiga qo’ygan ulkan maqsadlarini naqadar faol qo’llab - quvvatlagini haqida bir necha bor ta’kidlashdi.

Mehmonlar kecha davomida Mudofaa vazirligining namunali-ko`rgazmali harbiy orkestri musiqachilarining navolaridan va an’anaviy Britaniya musiqasidan bahramand oldilar.

Ushbu tadbir bir qator mahalliy va xalqaro Britaniya kompaniyalari tomonidan homiylashtirilgan; bu esa O’zbekiston – Buyuk Britaniya o’rtasida rivojlanib kelayotgan savdo aloqalarining ramzidir.

Нашр қилинган 16 June 2014