Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Elchixonasi Milliy Inson Huquqlar Markaziga qiynoqlar bo’yicha axborot tuzish qo’llanmasini tantanali ravishda topshirdi

Joriy yilning 1 may kuni O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar doktor Akmal Saidov, Milliy Inson Huquqlari Markazi Direktori bilan rasmiy uchrashuv o’tkazdi

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Handbook on Torture Reporting

Handbook on Torture Reporting

Joriy yilning 1 may kuni O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar doktor Akmal Saidov, Milliy Inson Huquqlari Markazi Direktori bilan rasmiy uchrashuv o’tkazdi; uchrashuv davomida Elchi inson huquqlari bo’yicha ikkitamonlama aloqalarni muhokama qildi va MIHMga Buyuk Britaniya Elchixonasi homiyligida o’zbek tilida chop etilgan “Qiynoqlar: axborot tuzish bo’yicha qo’llanma” kitobining 500ta nusxasini tantanali ravishda topshirdi.

MIHMda bo’lib o’tgan tadbirda 30ga yaqin turli davlat idoralarni va oquv muassasalarini vakillari ishtirok etti. Ular ichida: O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) vakolatxonasi, Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuror idorasi, yuristlar malaka oshirish markazi, Bosh prokuratura qoshidagi oily o’quv kurslar, Toshkent yuridika oliygohi vakillari va boshqalar.

Tadbir qatnashuvchilari qo’llanmaning qayta chop etilishidan asosiy maqsadlar bilan tanishdi. Qo’llanma birinichi bor 2003 yilda Elchixona va MIHM hamkorligida tarjima qilinib chop etilgan. Bugungi kunda ham qo’llanmani chop etilishi uchun Buyuk Britaniya Elchixonasi homiylik qilmoqda. MIHM bu qo’llanmani inson huquqlari masalalari bilan shug’ullanadigan mutaxassislarga, aloqador davlat organlari va nodavlat muassasalariga tarqatib beradi.

“Qiynoqlar: axborot tuzish bo’yicha qo’llanma” Esseks Oliygohini qoshida faoliyat olib borayotgan Inson Huqular Markazi va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 2000 yilda ishlab chiqarilgan. Qo’llanma bir necha tillarga tarjima qilinib butun dunyoda inson huquqlari bo’yicha mutaxassislar orasida mashhurlik qozondi chunki bu kitob texnik jihatdan juda qulay. Bu hujjat qiynoq yoki kamsituvchi muomala haqida habar bermoqchi har bir insonga ko’mak beradi. Qo’llanma xalqaro tashkilotlarga qiynoqlar bo’yicha shikoyat berish jarayonini aniq va ravshan tasvirlab beradi.

“Milliy Inson Huquqlari Markazi va O’zbekiston hukumati bilan BMTning Qiynoqlarga qarshi Konventsiyasi doirasidagi majburiyatlarini to’liq bajarishiga hissa qo’shganimizdan va aktiv hamkorligimizdan juda mamnunman. Umid qilamanki, qayta chop etilgan qo’llanma foydali vosita bo’lib, inson huqulari sohasida ishlayotgan mutaxassislar uchun qo’l keladi” o’z kirish nutqida dedi janob Elchi.

O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchixonasi va MIHM o’rtasida inson huquqlari bo’yicha dialogi rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunga qadar Buyuk Britaniya Elchixonasi ikki britaniyalik mashxur mutaxassislarini O’zbekistonga tashrif buyurishi uchun hissa qo’shgan: Mustaqil Monitoring Kengashining sobiq Prezidenti janob Piter Selbi va London Oliygohining yetakchi professori janob Bill Bauring o’zbekistonlik hamkasblari bilan uchrashib, qiynoqlarni oldini olish va mahbuslar huquqlarini himoya qilish savollari bo’yicha fikr va tajriba almashdi.

Нашр қилинган 1 May 2014