Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Elchisining o’zbek talabalari bilan “Yashil” iqtisodiyot masalalari muhokamasi

2014 yil 12 noyabr kuni O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetida ma’ruza bilan so’zga chiqdi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Westminster International University, Tashkent

Westminster International University, Tashkent

2014 yil 12 noyabr kuni O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetida ma’ruza bilan so’zga chiqdi.

Buyuk Britaniya Elchisi Jorj Edgar TXVU talabalari va o’quv yurt xodimlari oldida “Yashil iqtisodiyot va Buyuk Britaniya” mavzusida ma’ruza bilan so’zga chiqdi. O’z chiqishi davomida janob Elchi Buyuk Britaniyada “yashil” iqtisodiyoti rivojlanishi uchun turtkilar, Buyuk Britaniyaning bu sohada siyosati va qonunchiligi va pas uglerodli iqtisodiyotni tashkil etishga qaratilgan choralar haqida to’xtalib o’tdi. O’zining ma’ruzasida Elchi masala tabiat yoki rivojlanish o’rtasidagi qilinishi kerak bo’lgan tanlov haqida emasligi, balki hozirgi ve kelajak avlod manfaatlarini ko’zlaydigan yashil rivojlanish tanlovi haqida ekanligiga urg’u berdi.

Janob Elchi o’z chiqishida shunday dedi:

Men TXVU talabalari oldida ma’ruza qilishdan doim xursandman, chunki ular ma’ruzalrni juda diqqat bilan tighlashadi hamda qiziqarli va jiddiy savollar berishadi. Bugingi ma’ruza Britaniya hukumatiga va shaxsan menga birday muhim bo’lgan masalalar bo’yicha suhbatlashish, hamda ba’zida murakkab bo’lgan masalalarni yechishga kirishishga tayyor bo’lgan yoshlar bilan muhokamalar qilish imkoniyatlarini berdi.

Ma’ruza talabalar va o’qituvchilar orasida katta qiziqish uyg’otti va o’z chiqishi yakunida janob Elchi bir qator savollarga javob berdi.

Нашр қилинган 12 November 2014