Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Elchixonasi 2013-yildagi faoliyati yakunlari haqida

Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Djordj Edgar 31 yanvar kuni Toshkentda matbuot anjumanini o’tkazib, unda Buyuk Britaniya elchixonasining 2013 yil ish faoliyatiga yakun yasadi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
The British Embassy in Tashkent sums up the 2013 activity results

Elchi janob Edgar o’zbek va horijiy jurnalistalirga 2013 yilda O’zbekiston va Buyuk Britaniyaning o’zaro hamkorligi borasida erishilgan muvaffaqiyatlar hamda elchixonaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, ta’lim va madaniyat sohalaridagi yutuqli loyihalari haqida ma’lumot berdi.

Elchi janob Edgar o’tgan yilni O’zbekiston va Buyuk Britaniyaning o’zaro hamkorligining siyosiy sohasidagi samarali yil deb ta’rifladi. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar Vazirining Birnichi o’rinbosari Baronessa Varsining iyunda Toshkentga buyurgan tashrifi va bundan keyin O’zbekistonning Tashqi ishlar Vazirining noyabrda Londonga bo’lib o’tgan tashrifi o’zaro hurmat va hamjihatlik ruhida o’tdi. Buyuk Britaniya Tashqi ishlari Vaziri Vilyam Heigning taklifi bilan bo’lib o’tgan O’zbekiston Tashqi ishlar Vazirining ushbu tashrifi 2002 yildan keyingi davrdagi ilk tashrif ekanligi aytib o’tildi. Tashrif doirasida Abdulaziz Kamilov Uiliam Heig hamda bir qator hukumat rasmiylari va parlament vakillari bilan uchrashdi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ta’lim hamda inson huquqlari va hududiy xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirishga doir keng ko’lamdagi masalalarni muhokama qildi.

Elchi Djordj Edgar o’zining 2013 yil davomida O’zbekistonning turli hududlariga, jumladan Buxoro, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlariga bo’lgan tashriflarini va safar davomida viloyat rahbariyatlari, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy vakillari va boshqa rasmiylar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlari haqida so’zladi. Ushbu uchrashuvlar viloyatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda invistitsion sharoit bilan tanishishga imkoniyat yaratdi.

Shu bilan bir qatorda Buyuk Britaniya Elchixonasi ikki mamlakatning parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash borasida ish olib bordi. 2013 yilning may oyida “Britaniya-O’zbekiston” Umumpartiya parlament guruhi Raisi Lord Veyverli Oliy Majlisning Senatiga tashrif buyurib, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishga oid masalalrani muhokama qildi. 2013 yilning fevral oyida esa Elchixonaning ishtiroki bilan Oliy Majlisning Senat va Qonunchilik palatasi apparati hodimlari Buyuk Britaniyaning Parlamentiga tashrif buyurishdi. Bunday tajriba almashinuv parlamentlararo aloqalar tarixidagi ilk bor tashkil etilgan tadbir bo’lib, Oliy Majlis hodimlari Britaniyaning amaldagi parlament demokratiyasini, shu jumladan, Lordlar va Jamoalar palatalari apparatining o’ziga xos faoliyatlarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldilar

The British Embassy in Tashkent sums up the 2013 activity results

Elchi janob Edgar savdo-iqtisodiy hamkorligi borasida so’zlar ekan, 2013 yilning uch choragi davomida ikki davlatlar o’rtasidagi tashqi savdo aylanmasidagi hajmi 82 mln AQSh dollarini tashkil etganini ta’kidladi (to’rtinchi chorakka oid statistik ma’lumotlar fevral oyida nashr etiladi). Buyuk Britaniya O’zbekistonga 61 mln AQSh dollari miqdorida tovar eksport qildi, import hajmi esa 21 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shu o’rinda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy ko’rsatkichlar yanada yuqoriga ko’tarilishi mumkinligi hamda bu sohadagi bor potentsialni to’la ishga solish lozimligi aytib o’tildi. Shu maqsadda tomonlar har yili Savdo va sanoat bo’yicha Ozbekiston-Buyuk Britaniya kengashi doirasida konsultatsiyalar tashkil qilib, majlislarni 1994 yildan buyon ikki mamlakat poytaxtida galma-galdan muntazam o’tkazib kelmoqda. Kengashning 20-yubiley majlisi 2013 yil noyabr oyida Londonda Tashqi ishlar vazirligida o’tkazildi. Tadbirda 100 dan ortiq O’zbekiston va Buyuk Britaniyaning kompaniyalari, universitetlari hamda vazirliklari va muassasalari vakillari ishtirok etdi. Tomonlar turli sohalardagi investitsion imkoniyatlarni muhokama qildilar.

Elchi O’zbekiston va Buyuk Britaniya hamkorligining ta’lim sohasiga tegishli masalalar haqida so’zladi. Bu o’rinda Britaniya Kengashi manfaatdor universitetlar va oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda bir qator yirik loyihalarni mamlakat bo’ylab amalga oshirdi. Ushbu tashkilot Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 2013 yilda mamlakatning til ta’limini rivojlantirishga asos bo’lgan O’zbekiston Prezidentining “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarorini amalga oshirishida faol ishtirok etib keldi.

Shu bilan birga Buyuk Britaniya elchixonasi 2013 yilda yana bir necha qiziqarli ta’lim loyihalarini amalga oshirdi. 1995 yildan buyon o’nlab O’zbekistonlik yosh mutahassislar Buyuk Britaniya TIVning “Chevening” stipendiyalari sharofati bilan Britaniyaning yetakchi oliy o’quv yurtlarida tahsil olib kelish va vataniga qaytgach esa, o’z faoliyatlarini yurt ravnaqiga davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ldilar. 2013 yilda “Chevening” dasturning murakkab tanlov jarayonidan muvaffaqiyatli o’tgan ikki nafar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Prognozlashtirish va makroekonomik tadqiqotlar institutining yosh mutahassislari hozirgi kunda London va Birmingemning yetakchi universitetlarining magistraturasida tahsil olmoqdalar.

Djordj Edgarning e’tirof etishicha, 2013 yilning aprel oyida Elchixona tomonidan tashkil etilgan “Katta sakkizlik” modeli loyihasi davomida o’zbek yoshlari bilan bo’lgan muloqot va hamkorlik tajribasi elchi uchun o’tgan yilning eng yorqin davrlariga aylandi. Loyiha doirasida Toshkentning turli oliy o’quv yurtlarida ta’lim olib kelayotgan 16 nafar talaba Buyuk Britaniyada 2013 yilning iyun oyida o’tkaziladigan “Katta sakkizlik” sammitining modellashtirishda ishtirok etdi. Talabalar sakkiz mamlakat rahbarlari rollarini a’lo darajada ijro etib, transnatsional muammolarni hal etish borasida konkret takliflar ishlab chiqardilar. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Vilyam Heig ishtirokchilar nomiga xat yo’lladi va o’z xatida o’zbek talabalarining ushbu qiziqarli ta’limiy loyihada faol qatnashuvlarini baholadi.

Madaniy loyihalar orasida Elchi janob Edgar 2013 yil may oyida O’zbekiston davlat konservatoriyasida bo’lib o’tgan ‘Britaniya klassik musiqasi kechasi’ kontsert dasturi haqida alohida to’xtalib o’tdi. Bu tadbir Buyuk Britaniya Elchixonasi va “O’zbekiston – Buyuk Britaniya” do’stlik jamiyati tomonidan tashkil etilib, “Rio Tinto” tog’ kon kompaniyasi tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Simfonik orkestr 70 nafar yosh, iste’dodli, Davlat konservatoriyasining talabalari bo’lmish musiqachi va dirijorlaridan tashkil topdi. Musiqachilar orasida britaniyalik diplomat, Buyuk Britaniya elchixonasi hodimi ham bor edi – u ushbu tadbir uchungina orkestrga violonchelist sifatida qo’shildi.

Djordj Edgar ikki mamlakat xalqlarining kengayib borayotgan o’zaro muloqotini mamnunlik bilan qayd etdi. Buyuk Britaniya o’zbek turistlari, talabalari va ishbilarmonlar uchun mashhur yo’nalish bo’lib qolmogda. Buyuk Britaniya elchixonasining ma’lumotlariga ko’ra, 2012 yilda 1500 ga yaqin O’zbekiston rezidentlari turli xildagi Buyuk Britaniya vizalarini olishgan. Bu ko’rsatgich 2013 yilda 60% ga ham oshib, 2400 dan ortiq vizalar miqdorini tashkil etgan.

Elchi Djordj Edgar nutqidan so’ng jurnalislarning savollariga javob berdi.

Нашр қилинган 31 January 2014
Сўнгги янгиланиш 31 January 2014 + show all updates
  1. Added translation

  2. Added translation

  3. First published.