Янгилик сюжетлари

“Katta Sakkizlik” sammitining modeli

Buyuk Britaniya Elchixonasi “Katta Sakkizlik” sammitining modelini Toshkentda o’tkazmoqda

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
MG8, Tashkent

MG8, Tashkent

Buyuk Britaniya 2013 yilda “Katta sakkizlik” guruhiga kiruvchi davlatlar orasida rahbarlik vazifasini ijro etmoqda. Jahonning yalpi ichki mahsulot hajmining deyarli yarmi aynan mana shu sakkizta davlat hisobiga kiradi.

11 aprel 2013 yil O’zbekistondaki Buyuk Britaniya Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Jorj Edgar O’zbekiston yosh rahbarlar sammitiga bag’ishlangan tadbirni rasmiy tarzda ochiq deya e’lon qildi. Bu tadbir Toshkentdagi Buyuk Britaniya Elchixonasi va Westminster Xalqaro Universiteti hamkorligida tashkil etilgan va ushbu tadbirning asosiy maqsadi dunyo iqtisodiy muammolariga yechim topishdir. Ochilish marosim davomida Buyuk Britaniya Elchisi talabalarga “Katta sakkizlik” faoliyati va yillik sammit davomidagi ko’rib chiqiladigan savollar haqida ma’lumot berib o’tdi. Talabalar esa Elchi bilan Buyuk Britaniya manfaatlari haqida suhbat olib bordi.

O’zbekiston Respublikasida bu tadbir birinchi bor o’tkazilmoqda. Tadbirda 16 nafar talaba ishtirok etadi; “Katta sakkizlik” guruhiga kiruvchi har bir davlat uchun ikki talaba vakillik qiladi. Bu talabalar Toshkentning eng nufuzli oliy o’quv yurtlaridan saralab olingan. Endi esa ular 2 hafta davomida qiz’g’in tarzda tayyorgarlik ko’radilar va 27 aprel kuni Westminster Xalqaro Universitetida, bir qator horij diplomatlar, hukumat vakillari, talabablar va ota onalar davrasida o’z davlatlarining manfaatlarini himoya qilishga va iqtisodiy qiyinchiliklar uchun yechimlar topishga harakat qiladi. Ularning chiqishlari maxsus talkif qilingan hakamlar hay’ati tomonidan nazorat qilinib, ularga tadbir ohirida baho beriladi.

Buyuk Britaniya bu yil o’z rahbarligi davomida oldiga qo’ygan maqsadlari ulkan. Rahbarlik davomida farovon iqtisodiy o’sish va rivojlanish asosoiy prioritetlar orasida. Bundan tashqari rahbarlik davomida asosiy manfaatlar bu savdo aloqalarni ilgari surmoq, soliq qonunchiligiga boysunmoq va faoliyatdagi ochiq – oydinlikni ichiga kiritgan. Bu sohalarda “Katta sakkizlik”da muhim rolni ijro etib, Buyuk Britaniya o’z bo’y tajribasini ochiq iqtisodiyotlarni, ochiq hukumat tizimlarini, ochiq jamiyatlarni va tashabbuskorlikni rivojlantirish uchun katta hissa qo’sha oladi chunki sadvo – so’tiq, soliq sistemasi va oydinlik samarali rivojlanishning asosiy omillaridir. Shuning uchun ham Buyuk Britaniya Bosh Vaziri Devid Kemeron butun dunyodagi hamkorlar aro yagona yechim to’pib, global iqtisodiy to’siqlarni yengish uchun har bir imkoniyatdan unumli tarzda foydalanishga intiladi.

“Katta sakkizlik”da o’z rahbarligi davomida Buyuk Britaniya boshqa masalalarni ham muhokama qiladi. Ular ichida: siyosiy va xalqaro savollar. 10 va 11 aprel kunlari Buyuk Britaniya Tashqi ishlar Vaziri janob Uilyam Heig “Katta sakkizlik”ka a’zo davlatlarining Tashqi ishlar Vazirlari bilan uchrashuv o’tkazadi. Bu uchrashuv davomida janob Vazir o’zining “Mo’jarolar davomida jinsiy zo’ravonlikni oldini olish”, Myanmadagi vaziyat, Somali davlati muammolari va Kiber havfsizlik kabi savollar ustida munozaralar olib boradi.

Нашр қилинган 12 April 2013