Янгилик сюжетлари

Shekspir “Globus” teatrining “Gamlet”spektaklining namoyishi hamda “Teatr masalalari” forumi

2015 yilning 4 noyabr kuni, Shekspir asos solgan “Globus” teatri o’zining jahon bo’ylab sayohati doirasida O’zbekistonga tashrif buyurib, Milliy akademik drama teatri sahnasida “Gamlet” spektaklini namoyish qildi.

Globe Theatre

2015 yilning 4 noyabr kuni, Shekspir asos solgan “Globus” teatri o’zining jahon bo’ylab sayohati doirasida O’zbekistonga tashrif buyurib, Milliy akademik drama teatri sahnasida “Gamlet” spektaklini namoyish qildi. Ushbu tashrif Britaniya Kengashining O’zbekistondagi vakolatxonasi, O’zbekistonning Madaniyat va sport ishlari bo’yicha vazirligi va “O’zbekteatr” ijodiy ishlab-chiqarish birlashmasi ko’magida uyushtirildi. 5-6 noyabr kunlarida esa ushbu dastur doirasida Milliy akademik drama teatrida “Teatr masalalari” deb nomlangan forum bo’lib o’tdi. Forum Shekspirning 450-yilligiga bag’ishlangan bo’lib, bugungi kunda teatrning tutayotgan o’rnini hamda britaniyalik hamkorlar bilan yangi madaniyat loyihalarini muhokama qilishga va Britaniyaning yetakchi madaniyat mutaxassislari bilan master-klasslar va tajriba almashinuviga qaratilgan edi.

“Globus” teatrining tashrifi va Gamlet spektakli - “Globus” butun globus uchun” deb nomlangan jahon turnesining bir qismidir. Ushbu sayohat Shekspir tavalludining 450 yillik yubileyi nishonlangan kunda, ya’ni 2014 yilning 23 aprelida boshlangan bo’lib, dunyoning barcha 205 mamlakatiga tashrif qilingandan so’ng, 2016 yil aprelda yakunlanadi. Globusning badiiy direktori Dominik Dromgul boshchiligidagi ushbu turne – teatr olamida tengi yoq hodisadir.

Buyuk Britaniya va O’zbekiston orasidagi “Teatr masalalari” 2 kunlik forumga mamlakatimizning 37 davlat teatr vakillari yig’ilib, taklif qilingan mutaxassislar bilan uchrashdilar. Ular orasida: “Media City” Salford kreativ prodyuseri Stella Xoll, “Royal Stratford East” teatrining badiiy rahbari va ijrochi direktori Kerri Maykl, Shotlandiya teatrlari federatsiyasi direktori Jon Morgan, hamda Britaniya Kengashining madaniy loyihalari rahbari Gregori Nesh. Forumda ikkala mamlakatda teatrning rolini, hamda iste’dod, ijodkorlik va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilindi. Forumga tashrif buyurganlarni qarshilab, Buyuk Britaniya elchisi janob Kristofer Allan shuni ta’kidlab o’tdi:

Umid qilamanki, bugungi Forum o’zbek teatrining faoliyatini quvvatlab, bilim va tajriba almashinuvi uchun asos bo’ladi. Tadbir O’zbekiston va Buyuk Britaniya orasida teatrni rivojlantirish bo’yicha hamkorlikning yangi yo’llarining ochilishiga sabab bo’lsa juda mamnun bo’lar edim.

Нашр қилинган 11 November 2015