Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Tashqi Ishlar Vaziri O’zbek talabalariga maktubi

Buyuk Britaniya Tashqi Ishlar Vaziri O’zbekistondagi “Katta Sakkizlik” loyihasida ishtirok etayotgan talabalariga qutlov maktubini yo’lladi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Foreign Secretary

Foreign Secretary

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi Ishlar Vaziri janob Uilyam Heig O’zbekistondagi “Katta sakkizlik” loyihasida ishtirok etayotgan O’zbek talabalariga maktub yo’lladi. O’z maktubida janob Heig loyiha ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi va omad tiladi. “Katta Sakkizlik” sammitining modeli O’zbekiston Respublikasida ilk bora o’tkazilib, bu tadbirni so’ng qismi 27 aprel kuni Toshkentdagi Westminster Xalqaro Universitetida o’tkaziladi. Ushbu tadbirda Toshkentdagi eng nufuzli oily o’quv yurtlarining talabalari ishtirok etadi va bu loyiha iyun oyida Shimoliy Irlandiyada bo’lib o’tadigan “Katta Sakkizlik” hukumat boshliqlari sammitining simulyatsiyasi shaklida o’tadi.

O’z maktubida janob Heig “talabalar Buyuk Britaniya Elchixonasi loyihasida ishtirok etayotganidan juda mamnunman” deya ta’kitlab o’tdi chunki janob Heigning fikri bo’yicha bu kabi loyihalar muzokaralar olib borish, bayonot topshirish va “Katta Sakkizlik” ish faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatlarini yaratadi. Janob Heig 16 nafar talabaga minnatdorchiligini izhor etib, Buyuk Britaniyaning ikki nafar vakiliga alohida ehtiromini ayladi chunki bu ikki talaba sammit simulyatsiyasi davomida rahbarlik vazifasini ijro etadi. Janob Uilyam Heig o’z maktubini Buyuk Britaniya Bosh Vaziri so’zlari bilan yakunladi: “savdo, soliqlar tizimini yaxshilash va ochiqlikni ilgari surish uchun amaliy choralarni tadbiq etish va shu tarzda iqtisodiyot va jamiyat ravnaqiga hissa qo’shish – bu Buyk Britaniya rahbarligining asosiy tamoyillaridir.”

Buyuk Britaniya 2013 yilda “Katta sakkizlik” guruhiga kiruvchi davlatlar orasida rahbarlik vazifasini ijro etmoqda. Jahonning yalpi ichki mahsulot hajmining deyarli yarmi aynan mana shu sakkizta davlat hisobiga kiradi. Toshkentdagi Buyuk Britaniya Elchixonasining “Katta Sakkizlik” sammitining modelini o’tkazishdan asosiy maqsad bu dunyo iqtisodiy muammolariga yechim topishdir. Buyuk Britaniya bu yil o’z rahbarligi davomida oldiga qo’ygan maqsadlari ulkan. Rahbarlik davomida farovon iqtisodiy o’sish va rivojlanish asosoiy prioritetlar orasida. Bundan tashqari rahbarlik davomida asosiy manfaatlar bu savdo aloqalarni ilgari surmoq, soliq qonunchiligiga boysunmoq va faoliyatdagi ochiq – oydinlikni ichiga kiritgan. Bu sohalarda “Katta sakkizlik”da muhim rolni ijro etib, Buyuk Britaniya o’z bo’y tajribasini ochiq iqtisodiyotlarni, ochiq hukumat tizimlarini, ochiq jamiyatlarni va tashabbuskorlikni rivojlantirish uchun katta hissa qo’sha oladi chunki sadvo – so’tiq, soliq sistemasi va oydinlik samarali rivojlanishning asosiy omillaridir. Shuning uchun ham Buyuk Britaniya Bosh Vaziri Devid Kemeron butun dunyodagi hamkorlar aro yagona yechim to’pib, global iqtisodiy to’siqlarni yengish uchun har bir imkoniyatdan unumli tarzda foydalanishga intiladi.

Нашр қилинган 25 April 2013