Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Elchixonasida taqdirlash marosimi

23 avgust kuni Buyuk Britaniya Elchixonasida “Buyuk Britaniyani bilasiz mi?” deya nomlangan radio musobaqa g’oliblari esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Winners of the Quiz

Winners of the Quiz

Radio musobaqa 24 iyuldan boshlab 2 avgustgacha “Grand” radiostantsiyasi yordamida o’tkazilgan. Bu vaqt davomida Buyuk Britaniya iqtisodiyoti, tadbirkorlik sohasi va madaniyatiga tegishli 20 savol berilgan. Radio musobaqada Ikki yuzdan ortiq yoshlar ishtirok etti. O’z to’g’ri javoblarini ishtirokchilar Elchixonaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga va elektron manziliga yuborgan. Bunday ko’rsatgichlar o’zbek yoshlari tomonidan Buyuk Britaniyaga bo’lgan ulkan qiziqishini dalilidir. Radio musobaqa o’z yakuniga yetganidan keyin, hamma javoblar qarab chiqildi va musobaqaning 9ta g’olibi janob Jorj Edgar, Buyuk Britaniya Elchisi tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan va sertifikatlar bilan taqdirlandi. Choy va shirinlikar ustida janob Elchi va musobaqa g’oliblari Buyuk Britaniya haqida suhbatlar olib bordilar. Janob Elchi tadbir ishtirokchilariga rivojlanayotgan O’zbek – Britan iqtisodiy hamkorligi va O’zbekiston – Buyuk Britaniya Savdo va Sanoat kengashining ish faoliyati va kengashning London shaxrida bu yilning noyabr oyida bo’lib o’tadigan an’anaviy majlisi haqida to’xtalib o’tdi. Radio tadbir Buyuk Britaniya Elchixonasi tomonidan butun dunyo miqyosida o’tkazilayotgan Buyuk Britaniya Savdo va Sanoat Vazirligining dasturiga asoslangan. Dasturdan ko’zlangan asosiy maqsad – Buyuk Britaniyaning qulay biznes iqlimi haqida ma’lumot tarqatish. Buyuk Britaniya butun dunyo biznes yuritish bo’yicha va Yevropa davlatlari orasida investitsiyalar o’qimi bo’yicha eng yuqori pog’onalarda turadi. Bu davlat investorlar uchun eng yuqori malakali ishchilar xizmatini, ma’qul soliqlar tizimini, tadbirkolikni rivojlantirish uchun huquqiy asosni va albatta Yevropa Ittifoqiga ochiq yo’lni taklif etadi.

Нашр қилинган 22 August 2013