Янгилик сюжетлари

Xalqaro Yer kuniga bag’ishglangan ma’ruza

Buyuk Britaniya Elchisining O’zbekiston Milliy Univesitetida Xalqaro Yer kuniga bag’ishglangan ma’ruzasi

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
NUU

NUU

22 aprel kuni O’zbekistondaki Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar O’zbekiston Milliy Universitetida “Iqlim o’zgarishi: O’zbekiston va Buyuk Britaniya tajribasi” deya nomlangan ma’ruzani tayyorladi. Bu tadbir Xalqaro Yer kunida o’tkazildi. Bu kunga bag’ishlab dunyoda o’tkaziladigan har bir tadbirlardan maqsad insoniyatni atrof-muhitni himoya qilishga jalb etish, zaminimizni tabiiy boyligini saqlashga qaratilgandir.

O’zining nutqida janob Elchi kimyo va biokimyo jarayonlari iqlim o’zgarishiga ta’siri va sayyoramiz uchun ahamiyati haqida to’xtalib o’tdi. Bundan tashqari janob Edgar hozirgi paytda iqlim o’zgarishini inobatga olgan xolda yaratilayotgan siyosiy va ilmiy dasturlar haqida ma’lumot berdi. Chiqishi oxirida esa Buyuk Britaniyada karbonad angidrid emissiyalarini kamaytirish choralari va O’zbekiston bugungi ekologik vaziyati haqida ham ma’lumot berib o’tdi.

Bu ma’ruzani tinglagan universitet talabalari janob Elchi chiqishidan so’ng savollar va javoblar sessiyasida faol ishtirok etdilar. Talabalar Buyuk Britaniya il’gor texnologiyalari va atrof muhofazasiga qaratilgan choralar haqida ko’plab savollar bilan murojat qildilar.

Bu yilgi Xalqaro Yer kunining mavzusi bu “Iqlim o’zgarish haqiqatlari”. Bu kunni dunyoda 1 milliarddan ortiq insonlar nishonlaydi. Yer kuni barchaga sayyoramizdagi ko‘plab ekologik muammolarni hal etish uchun bizda bilim, intilish, imkoniyat borligini eslatadi. An’anaga ko‘ra bu kunda atrof muhitni saqlash muammolariga befarq bo‘lmagan insonlar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida, turli ekologik tadbirlar va aksiyalarda ishtirok etadi.

Нашр қилинган 23 April 2013