Янгилик сюжетлари

O’zbekistondaki Buyuk Britaniya Elchisi bo’lajak yetakachilarga omad tiladi

Joriy yilning 29 avgust kunida O’zbekistondaki Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar “Chevening” grantlar dasturi tanlovining g’oliblariga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazdi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Her Majesty’s Ambassador to Uzbekistan, H.E. Mr George Edgar with Mr Azizjon Gapparov and Mr Zamon Holdarov.

Her Majesty’s Ambassador to Uzbekistan, H.E. Mr George Edgar with Mr Azizjon Gapparov and Mr Zamon Holdarov.

Tadbir davomida janob Jorj Edgar bu yilning g’oliblari – Azizjon Gapparov va Zamon Holdarovlarga sertifikatlar to’pshirdi. Janob Jorj Edgar bo’lajak talabalarni tanlovda ishtirok etib, g’alaba qozongani bilan tabrikladi va qizg’in suhbat ustida foydali maslahatlar berdi.

Bu yil O’zbekistondan ikki iqtidorli, yosh mutaxassislar 2014-15 o’quv yilida Buyuk Britaniyaning eng nufuzli ta’lim dargohlarida magistratura darajasida taxsil o’ladi. Azizjon Gapparov, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hodimi, poytaxt oliygohida taxsil o’ladi. Zamon Holdorov esa hozirgi paytda Prognozlashtirish va makroekonomik tadqiqotlar instituti vakili bo’la turib, Birmingem shaxri oliygohida o’qishini davom ettiradi.

“Chevening” grantlar dasturi uchun Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi tomonidan mablag’ ajratiladi. Bu dastur yosh, iqtidorli mutaxassislar, bo’lajak yetakchilar uchun Buyuk Britaniyada ta’lim olish uchun noyob imkoniyatni yaratib beradi. Bu grantlar dasturi yordamida Buyuk Britaniya hukumati butun dunyo bo’yicha o’z mamlaktlari rivojiga hissa qo’shmoqchi bo’lgan munosib yoshlarni qo’llab quvvatlaydi. O’zbekiston Respublikasidan 50dan ortiq yoshlar bu dastur bo’yicha ta’lim olib, hozirgi paytda O’zbekiston muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

Buyuk Britaniya hukumatining 2014-15 o’quv yili “Chevening” grantlar dasturi tanlovida ishtirok etish uchun arizalar 1 sentyabr 2013 yildan qabul qilinadi.

Нашр қилинган 3 September 2013