Янгилик сюжетлари

Britaniya va O’zbekiston olimlari o'rtasida o'tkazilgan davra suhbati o'zaro bilim almashuvini va hamkorlikni yanada takomillashtirmoqda

Joriy yilning 6 mart kuni “Iqlim o’zgarishi va global oziq-ovqat ta’minoti havfsizligi”ga bag’islangan davra suhbati Toshkentda bo’lib o’tdi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Uzbek and British scholars exchange knowledge at the Round Table

Bu tadbir O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchixonasi hamda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi va Rossiya Federatsiyasidagi Buyuk Britaniya Elchixonasining Fan va Inovatsiyalar bo’limi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Britaniya va O’zbekiston olimlari iqlim o’zgarishi va parazitlar bilan bo’g’liq kasalliklar uy va yovvoiy hayvonlar orasida tarqalishini muhokama qildilar.

O’zbekiston Fanlar Akademiyasining institutlaridan tashrif buyurgan 30dan ortiq O’zbekistonlik olimlar bu tadbirda ishtirok etdilar. Ular ichida: Sog’likni saqlash va oliy hamda o’rta maxsus ta’lim vazirliklari mutaxassislari, Tabiatni muhofaza qilish davlat komitetning yetakchilari, Flora va Fauna Genlar fondi instituti vakillari, Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutiti hodimlari, Bioorganika kimyosi instituti va Immunologiya, Mikrobiologiya hamda Genomika va Bioinformatika Markazlari vakillari.

O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar, O’zbekiston Fanlar Akademiyasini Prezidenti janob Shavkat Salihov, Tabiatni muhofaza qilish davlat komitetning yetakchisi janob Bakhtiyor Abdusamatov va Rossiya Federatsiyasidagi Buyuk Britaniya Elchixonasining Fan va Inovatsiyalar bo’limi boshlig’i doktor Julia Naits davra suhbat ishtirokchilarini iliq qarshi olib, tadbir ahamiyati haqida batafsil to’xtalib otdilar.

“Umid qilamanki, bugungi tadbir O’zbekiston va Buyuk Britaniya fan sohasidagi hamkorlikni yanada ham mustahkamlaydi. Alohida aytib o’tish joiz, bugungi mulohazalar hozirgi kunda eng dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan global muammoga - iqlim o’zgarishi va uning oqibatlariga qaratiladi. Bu masalaning yechimi - xalqaro hamkorlikdadir”- dedi janob Elchi ochilish marosimda.

Veterinar parazitologiya bo’yicha ikki davlatning yetakchi mutaxassislari – doktor Eric Morgan, Bristol Universitetining Veterinariya bo’limining a’zosi va akademik Jalolliddin Azimov, Flora va Fauna Genlar fondi institutining olimi o’z izlanishlari haqida bayonot berdilar. Bayonotchilar bergan ma’lumotga ko’ra parazitlar bilan bo’g’liq bo’lgan kasalliklar dunyoda chorvachilikka eng ko’p ziyon yetkazadi va iqlim o’zgarishi tufayli bunday kasalliklar tarqalishi uchun qulay fursat tug’iladi shuning uchun epizotiyalar kelajakda qay tarzda avj olishi nomalum. Davra suhbat davomida doimo o’zgarib borayotgan chorva kasalliklarni oldini olish uchun fermerlar qanday uskunalarni qo’llashi ham aytib o’tildi.

7 mart kuni, davra suhbati yakuniga yetganida, doktor Morgan O’zbekiston Milliy Universitetining Biologiya kafedrasiga tashrif buyurib, u yerda kafedra hodimlari bilan uchrashuvlar o’tkazadi va talabalar uchun veterinar parazitologiya to’g’risida ma’ruza qiladi. Undan keyin esa doktor Morgan yuqori standartlar va ilmiy izlanishlar uchun yaratilgan Yuqori Texnologiyalar Markaziga ham tashrif buyuradi.

Нашр қилинган 6 March 2014
Сўнгги янгиланиш 6 March 2014 + show all updates
  1. Added translation

  2. Added translation

  3. First published.