Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya MOYQXH Shartnomaga loyiq Protokolni ratifikatsiya qildi

Buyuk Britaniya Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to'g'risidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi Protokolni ratifikatsiya qildi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
CANWFZ

Buyuk Britaniya Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to’g’risidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi Protokolni ratifikatsiya qildi.

2015 yilning 30 yanvar kuni Buyuk Britaniya Parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinganidan so’ng Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to’g’risidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi Protokol shu mamlakatda kuchga kirdi.

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to’g’risidagi Shartnoma 2006 yilning sentyabr oyida Qozog’istonning Semipalatinsk shahrida imzolangan edi. Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston ushbu Shartnomaning ishtirokchi mamlakatlari bo’ldi. Shartnomaning ishtirokchilari yadro qurollarini o’z hududlarida ishlab chiqarish, sotib olish va tarqatishga yo’l qo’ymaslik majburiyatini o’z zimmalariga oldilar.

2014 yilning 6 mayda BMTning Xavfsizlik Kengashining doimiy besh a’zosi, shu jumladan Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish to’g’risidagi Shartnomasiga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi Protokolni imzolab, shu mintaqa davlatlariga nisbatan yadroviy qurolni qo’llash yoki uni qo’llash bilan tahdid qilmaslik majburiyatini o’z zimmasiga oldi.

O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar shunday dedi:

Buyuk Britaniya hukumati Markaziy Osiyo davlatlarining yadro qurolini tarqatmaslik xalqaro tartibni mustahkamlash borasidagi say-harakatlarini qutlaydi va qo’llab-quvvatlaydi. Protokolning ratifikatsiya qilingani Buyuk Britaniyaning yadro qurolidan xoli hududlarni barpo etish borasidagi printsip va maqsadlariga sodiqligini, hamda yadro qurolini qo’llamaslik kafolatlari ommaviy qirg’in qurollarini tarqatilishini oldini olishdagi, shu bilan birga, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlashdagi muhim ahamiyati e’tirofini yana bir bor tasdiqlaydi.

Нашр қилинган 3 March 2015