Янгилик сюжетлари

Toshkentda shoir Robert Byornsning tavalludi nishonlandi

25 yanvarda Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Elchisi janob Kristofer Allan Toshkentda Byorns kechasini o’tkazdi.

Burns Night Celebrated in Tashkent

25 yanvarda Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Elchisi janob Kristofer Allan Shotlandiyaning buyuk shoiri ser Robert Byornsning tavallud kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkazdi. Ushbu kun “Byorns kechasi” deb nomlanib, Shotlandiyaning asosiy milliy bayramlaridan biri deb hisoblanadi. Byorns kechalarida shoirning me’rosi xotirlanib, asarlari oq’iladi, an’anaviy Shotlandiya musiqasiga raqsga tushilib, dasturxonga esa Shotlandiyaning xaggis va kok-a-liki sho’rvasi kabi milliy taomlari tortiladi. Toshkentda o’tkazilgan Byorns kechasi tadbiriga 100dan oshiq mehmonlar taklif qilindi. Ular uchun ushbu tadbir Byornsning hayoti va ijodi, Shotlandiyaning madaniyati, adabiyoti, urf-odatlari, taom va ichimliklari bilan yaqindan tanishish imkoniga aylandi. Kecha davomida shoirning hayotga ehtirosini, odamsevarligini namoyish etadigan hamda dunyoni yaxshiroq va adolatliroq maskanga aylantirishga chaqiradigan ko’plab asarlari o’qildi.

Elchi Allan Byornsning buyuk merosi haqida so’z yuritib, uning ijodiga bog’liq bo’lgan qiziqarli faktlarni aytib o’tdi:

Robert Byorns 1759 yilning 25 yanvar kuni, ya’ni 257 yil oldin shu kunda tavallud topgan. U Shotlandiyaning milliy shoiri deb hisoblanadi, va Shotlandiya dialektida ijod qilgan eng mashhur shoirdir. Uning ijodi sevgidan tortib, siyosat va falsafagacha turli mavzularni qamrab olgan. Byorns sodda bir oilaning farzandi bo’lgani, uning she’riyati butun dunyo bo’ylab ko’pchilik insonlar uchun mazmunli bo’lganiga sababdir.

Ushbu tadbirning homiysi – mashhur Shotlandiya viski ichimligi “Chivas Regal”ni O’zbekistonga import qiladigan korxona bo’ldi.

Нашр қилинган 28 January 2016