Янгилик сюжетлари

Toshkentda NATO Sammitining taqdimoti bo’lib o’tdi

NATO Sammitining kun tartibi va bu tashkilotning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi 4 sentyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro Ekonomika va Diplomatiya Universitetida bo’lib o’tgan taqdimot davomida asosiy o’rinni egalladi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Presentation on the NATO Summit is held in Tashkent

Joriy yilning 4-5 sentyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Uels huduida Shimoliy atlantika shartnomasi tashkilotining (NATO) Sammiti o’tkaziladi. Sammitda 28 NATO a’zolarining davlat yetakchilari hamda 30 hamkor davlatlardan yuqori martabali vakillar ishtirok etadilar. Ular ichida janob Abdulaziz Komilov, O’zbekiston Respublikasining tashqi ishlar Vaziri, yetakchiligida O’zbekiston delegatsiyasi.

NATO Sammitining kun tartibi va bu tashkilotning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi 4 sentyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro Ekonomika va Diplomatiya Universitetida bo’lib o’tgan taqdimot davomida asosiy o’rinni egalladi.

Bu tadbir Uelsdagi NATO Sammitining ochilishiga bag’ishlanib, NATOning Markaziy Osiyodagi tashqi aloqalari bo’yicha mas’ul vakilining Idorasi, Toshkentdagi Buyuk Britaniya va Italiya elchixonalari hamda Xalqaro Ekonomika va Diplomatiya Universiteti tomonidan tashkil etildi. Bu taqdimot XEDU xodimlari va talabalariga NATO Sammitining ustuvor masalalari va ushbu tashkilotning Markaziy Osiyodagi faoliyati haqida ma’lumot berish uchun tayyorlangan.

Doktor Nodir Jumaev, XEDU Rektorining kirish so’zidan so’ng janob Raimonds Vingris, NATO/ Xavfsizlikka ko’maklashuvchi xalqaro kuchlar (ISAF) transit masalalri bo’yicha vakili NATO Sammitining kun tartibi, NATOning Markaziy Osiyodagi tashqi aloqalari bo’yicha idorasining vakolati va O’zbekiston hamda NATO o’rtasida hamkorlik haqida to’xtalib o’tdi. Sammit chog’ida davlatlar yetakchilari bir qator savollarni muhokama qilishadi. Ular ichida xalqaro kuchlar Afg’onistonni tark etganidan so’ng bu mamlakatning havfsizligining mustahkamligi va davlatning bevosita rivojlanishi. Italiya Elchisi janob Rikkardo Manara Italiyaning NATO ostovidagi ustuvor tamoyillari va Italiya Elchixonasining NATO bog’lanish idorasi sifatida faoliyati haqida gapirib o’tdi.

O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar o’z taqdimotida Buyuk Britaniyaning NATOdagi ahamiyati haqida to’xtalib o’tdi. Buyuk Britaniya 1949 yildan boshlab NATOning a’zosi bo’lib, bir nechta missiyalariga o’z hissasini qo’shgan. Ular ichida ISAF operatsiyasi (Buyuk Britaniya kontingenti aholisi bo’yicha ikkinchi o’rinni egallagan) Undan tashqari, janob Edgar hozirgi paytda Uelsda bo’lib o’tayotgan Sammitda Buyuk Britaniya uchun ustuvor masalalarni ta’kidlab o’tdi. Elchining taqdimotiga ko’ra, ISAF missiyasi poyoniga yetgani sababli Afg’onistonga yordam ta’minoti, Rossiya va Ukraina o’rtasidagi krizis natijalari va tashkilot tomonidan o’z azolarining va hamkor davlatlarning kelejakdagi kollektiv havfsizligini ta’minlash maqsadida qadamlari muhokama qilinadi.

Taqdimotlardan so’ng mehmonlar savollar va javoblar sessiyasida faol ishtirok etib, NATOning faoliyati va global va hududiy havfsizlikka tegishli savollar haqida bahs yuritdi.

Uelsdagi Sammit 2012 yilda, Chikago shaxri, AQShda bo’lib o’tgan Sammitdan so’ng tashkilotning navbatdagi uchrashuvi. Buyuk Britaniyadagi birinchi NATO Sammiti 1990 yil, London shaxrida bo’lib o’tgan va u Sammit davomida NATO a’zo davlatlari vakillarining Margaret Tetcher shaxsan qabul qilgan. Bu yilgi Uelsdagi NATO Sammiti eng yirik siyosiy tadbirlardan biriga aylanadi. Tadbir davomida mamlakatga 185 yuqori martabali mehmonlar tashrif buyuradi. Ular ichida NATO a’zolarining davlat yetakchilari, 60 hamkor davlatlarning tashqi ishlar va mudofaa ishlari vazirlari. Sammit davomida 4000 delegatlar va 1500 muhbirlar ham ishtirok etadilar.

Нашр қилинган 4 September 2014