Янгилик сюжетлари

“Makbet” filmining Toshkentdagi Yevropa Kinofestivalida namoyishi

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Toshkentdagi Yevropa Filmlari Festivalida “Makbet” filmi bilan qatnashdi.

British Embassy in Tashkent participated at the Festival of European Films in Tashkent with the film “Macbeth”

2016-yil 23-may kuni Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Yevropa Filmlari Festivalida qatnashdi. Buyuk Britaniya elchixonasi 2015-yilda rejissor Jastin Kurtsel tomonidan suratga olingan “Makbet” filmini taqdim etdi. Bu film O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi hamda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakolatxonalari tomonidan tashkillashtirilgan kinofestivalni ochib berdi.

Makbet filmi Uilyam Shekspirning shunday nomli asari asosida suratga olingan. Filmda Britaniyalik aktyor Maykl Fassbender bosh qahramon rolini o’ynaydi, fransuz aktrisasi Marion Kotiyard esa Makbet xonim rolini ijro etgan. Makbet asari voqealari Shotlanidayada yuz beradigan tragediyadir. U tarixiy voqealarga asoslangan bo’lib, manmanlik va taxtdagi poraxo’rlikning yomon oqibatlari to’g’risida so’z yuritadi. Film tanqidchilar tomonidan yuqori baholanib, Shekspir pyesalarining kinoga moslashtirilgan eng yaxshi namunalaridan biri deb topildi. Pyesa va film insonning xarakteri, hamda uning hokimiyat va boylik yo’lidagi ichki kurashini aniq ifodalab bera olgan. Shekspirning inson ichki hissiyotlarini to’liq qamrab olish qobiliyati tufayli, uning asarlari bugun ham 400 yil avvalgidek ahamiyati va hayotiyligini yo’qotgani yo’q.

“Makbet” filmi buyuk adib o’limining 400 yilligini nishonlayotgan va dunyo miqyosida o’tkazilayotgan “Shekspir barhayot” kampaniyasining bir qismi sifatida ham namoyish etildi. Bu kampaniya butun 2016-yilda davom etadi, hamda barcha odamlar va xalqlar uchun qalam yuritgan barhayot adib sifatida ta’rif etuvchi bayram va tadbirlar orqali nishonlanadi.

Festivalning ochilish marosimida qatnashish, hamda Shekspir tragediyasining yangi talqinini tomosha qilish uchun 200 dan ziyod odam tashrif buyurdi. Ochilish marosimidagi nutqida Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchisi janob Kristofer Allan shunday dedi:

Bir birimizning madaniyatimiz haqida tushuncha shakllantirish xalqaro munosabatlarning muhim biq qismidir. Men bu tadbir Buyuk Britaniya va Yevropalik hamkasblarimizni birlashtirgani, hamda butun qit’aning boy kino merosini taqdim qilishga imkon berganidan ayniqsa xursandman.

Yevropa Filmlari festivali 23-maydan 29-mayga qadar Alisher Navoiy nomli kinoteatrda davom etadi.

Нашр қилинган 25 May 2016