Янгилик сюжетлари

Toshkentda Genri Mur asarlari ko'rgazmasining ochilishi bo’lib o’tdi

Bu Ko’rgazma 19 fevraldan 30 maygacha Davlat san'at muzeyida bo’lib o’tadi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Henry Moore exhibition launched in Tashkent

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, Tasviriy san’at akademiyasi, Davlat san’at muzeyi bilan hamkorlikda Britaniya Kengashi “Genri Mur: Grafika ustasi” deb nomlangan ko’rgazmani Toshkent san’at ixlosmandlarining diqqatiga taqdim etadi. Bu Ko’rgazma 19 fevraldan 30 maygacha Davlat san’at muzeyida bo’lib o’tadi.

Genri Mur – XX-asrning mashhur britaniyalik haykaltaroshi va rassomi deb hisoblanadi. Uning asarlari dunyodagi katta muzeylar hamda xususiy kolleksiyalarda o’z o’rnini topgan. Murning bronzadan ishlangan muhtasham asarlari dunyo bo’ylab shahar va manzaralarni zamonaviylik, umumiylik va shu bilan bir qatorda tabiatga hamnafaslik ramzi sifatida bezab turadi. Avvalo haykaltarosh sifatida tanilgan Mur, grafika yo’nalishida ham keng ish olib borib, bu sohada yetti yuzdan ortiq turli naqshlar va litografiyalar yaratgan.

Murning Toshkentdagi Ko’rgazmasi turli naqshlar va litografiyalar orqali to’qimalarining, nur va rang xusuiyatlarini namoyish etuvchi grafik asarlardan iborat. 1949-1983 yillar davomida yaratilgan ushbu asarlar san’atkorni mazkur davr mobaynida qiziqtirib kelgan asosiy mavzularni qamrab olgan. Ko’rgazmada Murning sobiq uyida va u ishlagan studiyasida joylashtirilgan haykallarning fotosuratlari taqdim etiladi.

Ko’rgazma davomida Genri Mur Fondining asoschisi David Mitchinson ishtirokida bo’lib o’tadigan ijodiy uchrashuvlar, tanlovlar, seminarlar va master-klasslar uyushtitilgan. Genri Mur nomidagi Fond britaniyaning xayriya tashkiloti bo’lib, 1977 yilda Mur tomonidan jamoatchilik e’tiborini tasviriy san’atga jalb etish maqsadida Mur tomonidn tashkil etilgan.

Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchisi Djordj Edgar ko’rgazmaning ochilishi munosabati bilan an’anaviy ingliz choy ichish marosimi shaklida qabul tadbirini o’tkazdi. Shu qabul marosimda rasmiy vakillar, san’at sohasi mutahassislari, rassomlar, haykaltaroshlar, junralist va diplomatlar qatnashdilar.

“Britaniya Kengashining O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi va Davlat san’at muzeyi bilan hamkorligi tufayli toshkentliklar va poytaxtning mehmonlari Britaniyaning XX asrdagi eng buyuk haykaltaroshlari va rassomlaridan birining asarlarini ko’rish uchun ushbu noyob imkoniyat taqdim etilganini ta’kidlashdan mamnunman. Madaniyat va san’at sohasidagi ikki mamlakatimiz o’rtasidagi hamkorlik va tajriba almashinuvi davom etshigai umid qilaman,”- dedi Elchi Edgar o’zining tabrik nutqida

Нашр қилинган 18 February 2015