Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi hodimi O'zbekistonga tashrifi

6-7 oktabr kunlari O’zbekistonga tashrifi doirasida, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining O’zbekiston bilan hamkorlik bo’yicha byurosi hodimi Jizzax va Samarqand shaharlariga tashrif buyurdi

FCO Official visits project sites in Uzbekistan

6-7 oktabr kunlari O’zbekistonga tashrifi doirasida, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining O’zbekiston bilan hamkorlik bo’yicha byurosi hodimi Sara Myurrell honim Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan Jizzax va Samarqand shaharlariga tashrif buyurdi. Jizzaxda Myurrel xonim shahar hokimiyati huzuridagi “Yagona darcha” markazi faoliyati bilan tanishib chiqdi. Ushbu markazda turli davlat xizmatlarini tadbirkorlik sub’yektlariga ko’rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ta’kidlab o’tish kerakki, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan va BMT Rivojlanish Dasturi, mahalliy hokimiyatlar va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan va Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlarida aholining davlat xizmatlari hamda ijtimoiy axborotlarga osonroq ega bo’lishini takomillashtirishga qaratilgan loyiha doirasida bir qancha ishlar qilindi. Loyiha “yagona darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlari ko’rsatilishini takomillashtirishga va mahalliy davlat organlari faoliyatining shaffofligini oshirishga qaratilgan.
Loyiha doirasida “yagona darcha” markazlari faoliyati to’g’risida qo’llanma chop etildi, mahalliy hokimiyatlarning va xalq deputatlari Kengashlarining “ochiq ma’lumotlar” portallarini ishlab chiqishga yordam berildi, hamda davlat xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillariga ochiq ma’lumotlar bazalari bo’yicha seminar-treninglar o’tkazildi.
Bundan tashqari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga uzluksiz davlat xizmatlari ko’rsatilishini ta’minlash maqsadida Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi 20 ta “yagona darcha” markazlariga benzinli generatorlar yetkazib berildi. Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi “yagona darcha” markazi esa yiliga 5,5 Kw/soat quvvatiga ega bo’lgan quyosh panellariga ega bo’ldi.
Shuni aytib o’tish lozimki, fuqarolar qulayligi uchun hokimiyat binolari ichida axborot kiosklari tashkil etildi. Ular yordamida, xohlovchilar o’zlariga kerak bo’lgan axborotni qidirib topishlari hamda foydali videoroliklar tomosha qilishlari mumkin. Samarqand shahrida Myurrell honim Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko’magi asosida mahalliy aholini kasbiy ko’nikmalarga o’rgatish markazi “SABR” va pedagogika kollejiga tashrif buyurdi. Mehmonlar “SABR” nodavlat notijorat tashkiloti yaratilishining qisqacha tarixi va uning Buyuk Britaniyadagi “Haven-Wolverhampton” tashkiloti bilan 19 yillik hamkorligi haqida qisqacha ma’lumot olishdi. Mehmonlar loyiha doirasida sotib olingan uskunalar (qandolatchilik va tikuvchilik, soch turmaklash, kompyuter savodxonligi, trening xonasi, manikyur va pedikyur) bilan jihozlangan Pedagogika kolleji yotoqxonasi binosida joylashgan Mahalliy Rivojlantirish Markazi o’quv xonalarini ko’zdan kechirishdi. Bundan tashqari mehmonlar kasbiy o’quv modullari, moliyaviy, huquqiy savodxonlik uchun ishlab chiqilgan interaktiv trening modullari bilan tanishdilar. Mehmonlarga kasbiy malaka kurslariga va o’z kichik biznesini ochish kurslariga qatnaydigan markaz yaqinidagi mahallalar yoshlari va kollej o’quvchilarining kelib-ketish jurnallari ko’rsatildi.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining O’zbekiston bilan hamkorlik bo’yicha byurosi hodimi Sara Myurrell honim Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchixonasi ko’magida amalga oshirilayotgan ikkala shahardagi ishlar bilan mamnunligini bildirdi.

Нашр қилинган 9 November 2016