Янгилик сюжетлари

Yuqori martabali Buyuk Britaniya davlat Vazirining O’zbekistonga tashrifi boshlandi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar Vazirligining Yuqori martabali davlat Vaziri (Tashqi ishlar Vazirining Birinchi o’rinbosari) Saida Varsi O’zbekistonga tashrif bilan keldi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Baroness Warsi

Baroness Warsi

11 iyun kuni Baronessa Varsi Xivaga kelib, mahalliy hukumat organlari bilan uchrashuvlar o’tkazdi va Toshkentga uchib ketishidan oldin shaxarni tomosha qilishga muvofiq bo’ldi. Toshkentda esa Baronessa O’zbekiston Respublikasi Hukumatining va Parlamentning yuqori darajali vakillari bilan ikki tamonlama muzokaralar o’tkazishi kutilmoqda.

Baronessa Varsi Shakarjon Xo’janiyozova, Xorazm viloyati hokimining birinchi o’rinbosari bilan uchrashdi va viloyatning qishloq ho’jalik, ekologiya va turizm sohalarida iqtisodiy o’sish xaqida muloqot qurdi. Undan tashqari Baronessa shaxarni tomosha qildi va mahalliy hunarmandlar bilan suhbatlashdi. Ular ichida Britaniya Kengashi tomonidan tashkillashtirilgan gilam to’qish markazi hunarmandlari. Baronessa Varsi Yuqori martabali Buyuk Britaniya davlat Vaziri lavozimiga 2012 yil sentyabr oyida tayinlangan. Bundan oldin esa Baronessa Konservativ Partiyaning rais o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Baronessa hozirgi paytda ham Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar palatasida Konservativ partiyasini vakilidir. Baronessa Varsi o’z lavozimida Afg’oniston, Pokiston va Bangladesh davlatlari bilan aloqalarni rivojlanishi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni rivojlanishi, inson huquqlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Xalqaro jinoiy sud va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni ilgari surish masalalari uchun mas’ul. Bundan tashqari Baronessa Varsi Lordlar palatasida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi faoliyati uchun javobgar. Baronessa birinchi bora O’zbekistonga 2012 yil aprel oyida Portfelsiz Vazir lavozimida tashrif buyurdi. Birinchi tashrifi davomida Baronessa Varsi Samarqand va Buxoro shaxarlarini ko’rishga muvofiq bo’ldi.

Нашр қилинган 12 June 2013