Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari O’zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumatining Tashqi ishlar va Hamdo’stlik ishlari bo’yicha davlat kotibining Parlament o’rinbosari O’zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi.

Tobias Ellwood MP

Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar vazirining o’rinbosari, Parlament a’zosi, janob Tobias Ellvud O’zbekistonga rasmiy tashrifini boshladi. Vazir o’rinbosari Toshkentga 5 aprel kuni kelib, ikki kun davomida O’zbekiston Hukumati va Oliy Majlisida bir qator yuqori lavozimdagi shaxslar bilan muzokaralar olib boradi.

Tobias Ellvud Buyuk Britaniya Hukumatining Tashqi ishlar va Hamdo’stlik ishlari bo’yicha davlat kotibining Parlament o’rinbosari lavozimiga 2014 yilning iyul oyida tayinlandi. 2005 yilning may oyida Janob Ellvud Konservativ partiyaning Bornmut shahri saylov okrugi tomonidan Parlament a’zosi bo’lib saylandi. Janob Ellvud Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo, terrorizmga qarshi kurash, mudofaa va xalqaro xavfsizlik hamda kadrlar bilan bog’liq masalalar uchun mas’ul. Tobias Ellvud Buyuk Britaniyaning TIV rahbari o’rinbosari lavozimiga tayinlanganidan so’ng O’zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda.

Нашр қилинган 5 April 2016