Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Elchixonasi sayohat agentliklari bilan uchrashuv o’tkazdi

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchixonasi sayohat agentliklar vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.

British Embassy in Tashkent hosts a meeting for travel agencies

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchixonasida 2016 yilning 17 mart kuni mahalliy sayohat agentliklari vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Muvaqqat ishlar vakili Fiona Makston O’zbekistonning turizm sohasida faoliyat yuritayotgan 17 korxonaning 21 nafar vakilini qarshiladi.

Ushbu uchrashuv Buyuk Britaniya turizm uchun ajoyib davlat ekanligi haqida ma’lumot ulashib, Buyuk Britaniya va O’zbekiston sayohat agentliklari orasidagi hamkorlik salohiyatini muhokama qilish maqsadida tashkillashtirildi. Uchrashuv davomida Buyuk Britaniyaning VisitBritain milliy turizm agentligining Moskvadagi menejeri Tatyana Xoreshok bilan video-tele-konferentsiya bo’lib o’tdi. VisitBritain Britaniyaga butun dunyo bo’ylab bo’lgan qiziqishni oshirish, turizm bilan bog’liq bo’lgan eksport qiymatini oshirish hamda Britaniyaning turizm iqtisodiyotini rivojlantirish kabi muhim rollarni o’ynaydi.

VisitBritain Buyuk Britaniyaning turizm sohasi, madaniyati va merosi haqida ma’lumot berib, VisitBritain sayohat agentliklarni qanday qo’llab-quvvatlashi mumkinligi hamda ikkala mamlakatda ish olib boradigan sayohat agentliklari bilan hamkorlikni mustahkamlash yo’llari muhokama qilindi.

VisitBritain tomonidan ishlab chiqilgan hamda O’zbek tiliga tarjima qilingan turistik qo’llanma sayohat agentliklariga tarqatildi. Qo’llanmalarda Buyuk Britaniyaning turli manzillari, qiziqarli mashg’ulotlar va manzillar, hamda mamlakat bo’ylab sayohat qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berilgan. Qo’llanmalarni chiqarish GREAT Britain Challenge fondi tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

VisitBritain vakili Buyuk Britaniya dunyoda eng ko’p tashrif buyuriladigan 10 ta davlatlar qatoriga kirishini tushuntirdi, hamda Britaniyaning turizm sanoati 2025-yilga qadar £257 milliardgacha o’sishi tahmin qilinayotganini ta’kidlab o’tdi. Britaniyaning turizm sanoati turli davlat va xususiy sektordagi kichik va o’rta korxonalarni; xalqaro xususiy biznes (masalan, havo yo’llari yoki katta mehmonxona tarmoqlari); mahalliy va hududiy manzil boshqaruv tashkilotlarini o’z ichiga oladi. 2010-yildan beri Buyuk Britaniyaning turizm sohasi bandlik bo’yicha eng tez o’sayotgan soha hisoblanadi.

Elchixonaning muvaqqat ishlar vakili Fiona Makston shunday dedi:

O’zbekistonda va Buyuk Britaniyada turizmning rivojlanishi ikkala davlat iqtisodiyotining o’sishiga katta hissa qo’shadi. Bu insonlarga har xil madaniyatlarni tushunishga yordam beradi. Men umid qilamanki, Buyuk Britaniya va O’zbekistonga tashrif buyuruvchi turistlar orasidagi aloqalar yanada kuchayadi, hamda bu savdo va boshqa sohalardagi aloqalarning mustahkamlanishiga zamin yaratadi.

Нашр қилинган 18 March 2016