Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya va O’zbekiston mutaxassislari Iqlim Havfsizligi masalalari bo’yicha fikr almashdi

Janob Ian Trim, Moskvadagi Buyuk Britaniya Elchixonasining Iqlim Havfsizligi bo’limining Boshlig’i, 29 va 30 Iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
UK climate change strategy

UK climate change strategy

Janob Trimning kelishidan asosiy maqsad - iqlim o’zgarish masalalariga oid savollar to’g’risida O’zbekistonlik va xalqaro hamkasblari bilan muzokaralar o’tkazish va Buyuk Britaniyaning bu sohadagi ilg’or tajribasini targ’ib etish.

Janob Trim Gidrometeorologiya Xizmat Markazi mutaxassislari va “O’zbekenergo” davlat aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv cho’g’ida janob Trim Buyuk Britaniyadagi zaharli gazlar emissiyalarini kamaytirish va iqlim o’zgarishiga moslashish uchun davlat darajasida qanday ishlar olib borilishi haqida prezentatsiyasini taqdim etti. Bundan tashqari janob Trim Buyuk Britaniyada energiya samaradorligiga ahamiyat berilishi va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish natijasida iqtisodiy o’sish yuzaga kelishini tushuntirib berdi.

Tashrifi davomida janob Trim Alternativ Energiya Klubi (O’zbekistonda muntazam energiya rivojlanishi sohasida izlanishlar olib borayotgan yosh tadbirkolar va olimlardan tashkil topgan guruh) a’zolari bilan, BMTning Taraqqiyot Dasturi vakillari bilan, AQShning Xalqaro Taraqqiyot Dasturi mutaxassislari va O’zbekistondaki Jahon Bankining vakolatxonasi bilan qator uchrashuvlar o’tkazdi. Bu uchrashuvlar davomida O’zbektonda qanday ishlar olib borilmoqda va Buyuk Britaniya hamda O’zbekiston qaysi savollar bo’yicha kelajakda hamkorlik qilishi mumkinligini aniqlab oldi.

“Bir necha samarali uchrashuvlar davomida men O’zbekistonlik va xalqaro hamkorlarim bilan iqlim havfsizligiga oid bo’lgan muhim masalalar haqida muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo’ldim. Oylayman ki, bu O’zbekiston va Buyk Britaniya o’rtasida kelajakda fikr va tajriba almashish uchun ko’pgina savollardan biri ” dedi janob Trim tashrif ohirida.

Нашр қилинган 31 July 2013