Янгилик сюжетлари

O’zbekiston Regbi Federatsiyasining yangi Prezidenti sharafiga uyushtirilgan tushlik

O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar O’zbekistonda Regbi sport turiga rivoj tiladi

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
UK Ambassador's Residence

UK Ambassador's Residence

Britaniya Elchisining rezidentsiyasida Senator Sodiq Safoyev O’zbekiston Regbi Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga tayinlangani sababli tantanali tushlik tashkil etildi.

14 avgust kuni O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar Senator Sodiq Safoyev O’zbekiston Regbi Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga tayinlangani sababli tantanali tushlik tashkil etti. Janob Elchi va janob Safoevga tushlikka tashrif buyurgan Regbi mutaxassislari bu sport turini hamma sirlaridan saboq berdi. Janob Elchi janob Safoevni yangi lavozimi bilan tabrikladi va O’zbekistonda Regbi sport turiga rivoj tiladi. Bundan tashqari janob Elchi Regbi Uyushmasi Angliyada, 19 asrda tashkil topganini ham ta’kitlab o’tdi. Xozirgi kunda esa Regbi eng mashxur va sevimli sport turlaridan biri bo’lib, butun dunyo bo’ylab: Janubiy Amerikadan to Yevropagacha va Afrika, Osiyo va Avstraliya qit’alarida keng tarqalgan.

2009 yilda Xalqaro Olimpiya Qomitasi 2016 yil Rio de Janeiro shaxrida bo’lib o’tadigan Olimpiya Oyinlarida boshqa sport turlari safida “yetitalik” Regbini ham kiritgan. “Yetitalik” bu umumiy Regbi o’yinining qisqaroq varianti chunki “yetitaliklarda” 15 kishi emas balki 7 kishi asosiy o’yinda ishtirok etadi. “Yetitaliklar” Shotlandiyada tashkil topgan. Bu Regbi turi kam vaqt talab qilganligi sababli butun dunyoda mashxurlikni qozongan.

Нашр қилинган 15 August 2013
Сўнгги янгиланиш 23 August 2013 + show all updates
  1. No changes

  2. Added translation