Янгилик сюжетлари

O’zbekiston Parlamentida bo’lib o’tgan taqdimot marosimi

Joriy yilning 8 noyabr kuni Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar O’zbekiston Parlamentida bo’lib o’tgan taqdimot marosimida ishtirok etti.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Parliament of Uzbekistan

Marosim davomida Oliy Majlisning ahamiyati va vazifalariga bag’ishlangan va yoshlar uchun yaratilgan yangi ta’lim materiallar taqdim etildi. Bu materiallar BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O’zbekiston Deputatlari bilan yaqin hamkorlikda tayyorlandi va ushbu materiallarni ishlab chiqarish uchun Toshkentdagi Buyuk Britaniya Elchixonasi homiylik qildi.

Janob Latif G’ulomov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining raisi, janob Shtefan Prisner, BMTTDning Ozbekistondagi Doimiy vakili va Buyuk Britaniya Elchisi marosimda ishtirok etib, bu loyihaning kelajakdagi natijalari haqida munozara yuritdilar.

“Biz bunday ta’lim materiallar ishlab chiqarilishi uchun homiylik qilganimizdan g’oyat mamnunmiz. Bu materiallar O’zbek yoshlari uchun demokratik taraqqiyot jarayonida Parlament va siyosiy partiyalarni faoliyatini o’rganishda ko’mak bo’la olishiga ishonaman. Bu materiallar yoshlarni davlat ijtimoiy hayotida yanada ham faol ishtirok etishi uchun undaydi va ayniqsa 2014 yil Parlamentga saylovlar davomida ilk bor ishtirok etadigan yosh fuqarolarning savollariga javoblar ham beradi” dedi o’z nutqida janob Edgar.

Shuningdek janob Elchi O’zbekiston va Buyuk Britaniya Parlamentlari o’rtasida rivojlanib kelayotgan hamkorligini tilga oldi va noyabr oyining o’rtasida London shaxrida bo’lib o’tadigan nodavlat tashkilotlar konferentsiyasida ishtirok etadigan 6 nafar O’zbekiston Parlamenti a’zolarining tashrifi haqida to’xtalib o’tdi.

Rasmiy ochilishdan so’ng janob Bohodir Ayupov, BMT Taraqqiyot Dasturining loyihalar boshlig’i, ta’lim materiallarni taqdim qildi. Taqdim etilgan video film animatsiya va tushunarli ta’riflardan iborat bo’lib, yoshlarga O’zbekistonda hokimiyat tizimini bo’linishi tamoyili, har bir tizim qanday ishlashi hamda Oliy Majlis va siyosiy partiyalar faoliyati haqida ma’lumot beradi.

Marosim yakunida janob Edgar va janob Prisner Oliy Majlis vakillariga bu ta’lim materiallarning bir nechta nushasini topshirdilar.

Нашр қилинган 11 November 2013