Янгилик сюжетлари

O’zbekistonlik mutaxassislar Buyuk Britaniyaning oliy o’quv yurtlarida tahsil oladilar

2015 yilning 24 avgust kuni Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Jorj Edgar Toshkentdagi elchixonada O’zbekistonlik mutaxassislarga “Chevening” stipendiya dasturi bo’yicha yetakchi Britaniya universitetlarida o’qishga sertifikatlar taqdim qildi.

The Chevening Scholarship Award Ceremony was held at the British Embassy in Tashkent

2015 yilning 24 avgust kuni Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Jorj Edgar Toshkentdagi elchixonada O’zbekistonlik mutaxassislarga “Chevening” stipendiya dasturi bo’yicha yetakchi Britaniya universitetlarida o’qishga sertifikatlar taqdim qildi.

Chevening dasturi Buyuk Britaniya hukumatining xalqaro stipendiyasi bo’lib, Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi. Dastur doirasida butun dunyodan liderlik fazilatlariga ega bo’lgan stipendiatlar Britaniya universitetlarining magistraturasida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 1994 yildan boshlab 200ga yaqin O’zbekistonlik mutaxassislar Chevening stipendiatlari qatoriga kirdilar.

Joriy yilda murakkab tanlov jarayonidan so’ng, Chevening stipendiyalari davlat, xususiy va notijorat sektorlarda ishlaydigan sakkiz nafar mutaxassislarga taqdim etildi. Ushbu stipendiatlar London, Nottingem, Birmingem, Kardiff, Esseks va Reding shaharlarida joylashgan Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarining magistrlik dasturlarida tahsil oladilar. O’zbekistonlik mutaxassislar huquqshunoslik, iqtisod, ingliz tilidan dars berish, informatsion texnologiyalar, jamoatchilik bilan aloqalar va global kommunikatsiyalarni boshqarish, iqlim o’zgarishi va iqtisodiy rivojlanish, davlat boshqaruvi kabi turli sohalarni o’rganadilar.

Elchi Edgar yangi stipendiatlarni tanlov jarayonida muvaffaqiyatga erishilgani bilan qutlab, yuqorida qayd etilgan oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish sertifikatlarini taqdim etdi.

O’zining tabrik so’zida Elchi Edgar quyidagilarni ta’kidladi:

Chevening dasturi bo’lajak rahbarlar, jamoatchilik fikrini shakllantiradigan hamda muhim qarorlar qabul qiladigan mutaxassislarga professional va ilmiy sohada o’z bilim va malakalarini oshirishga noyob imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari ular turli odamlar bilan foydali aloqalar o’rnatib, Buyuk Britaniyaning madaniyati bilan yaqindan tanishib, mamlakatimiz bilan uzoq muddatli ijobiy munosabatlarni yo’lga qo’yishga erisha oladilar. Ishonamanki, O’zbekistonlik stipendiatlar qaytgach, Buyuk Britaniyada orttirilgan tajribalarini o’z mamlakatlarining farovonligi uchun qo’llaydilar.

Chevening stipendiyasi bo’yicha 2016-2017 o’quv yilida Buyuk Britaniya magistratura dasturlarida ta’lim olishga arizalar qabul qilinmoqda.

Нашр қилинган 25 August 2015