Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya - O’zbekiston ikki tamonlama aloqalari

Oliya Hazratlarining O’zbekistondaki Elchisi Qirolicha Yelizavetta Ikkinchi Zoti Oliyalarining tavallud topgan kuniga bag’ishlangan rasmiy tantana o’tkazdi va ikki tamonlama aloqalarni yanada ham mustahkamlanishiga ravnaq qo’shdi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Mr Elyor Ganiev and HMA George Edgar

Mr Elyor Ganiev and HMA George Edgar

Kechagi kun olti yuzga yaqin mehmonlar – Toshkent diplomatik korpusining vakillari va O’zbek mehmonlar Qirolicha Zoti Oliyalarining tavallud topgan kuniga bag’ishlangan tadbirga tashrif buyurdi. Ular ichida: siyosatchilar, tadbirkorlar va madaniyat arboblari. Janob Elyor G’aniev, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vaziri, Vladimir Norov, Tashqi ishlar Vaziri O’rinbosari va janob Sodiq Safoev, Oliy Majlisi Tashqi siyosat ishlari bo’yicha qomitasining raisi eng yuqori darajali O’zbek mehmonlari bo’ldilar. Oliya Hazratlarining Elchisi mehmonlarni qutladi va homiylarga minnatdorchilik bildiridi. “Alohida minnatdorchiligimni Elchixona bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotgan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bildirmoqchiman. O’ylaymanki, biz o’zaro aloqalarimizning turli sohalarida, jumladan mudofaa va havfsizlik hamda savdo aloqalar sohalarida katta muvafaqqiyatlarga erishdik. O’zbekiston – Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengashining an’anaviy 20chi majlisi uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdamiz. Majlis bu yilning Noyabr oyida, London shaxrida bo’lib o’tadi va umid qilamizki, bu majlis eng ulkan va eng muvaffaqiyatli majlislardan biri bo’lib qoladi. Va janob Vazir, Elyor G’anievni O’zbekiston – Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengashini O’zbekiston tomonidan raisi sifatida Londonda kutib qolamiz. Biz ikki tamonlama aloqalarning rivojlantirish sohasida yanada yaxshiroq natijalarga intilishda davom etamiz. Robert Browning aytib o’tganidek “inson har doim qo’li yetgunicha emas, balki undan ham uzqroqqa intilishi kerak”. Bizning ikki tamonlama aloqalarimiz rivoji kengaymoqda va ohirgi ikki kun davomida bo’lib o’tgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar Vazirligining Yuqori martabali davlat Vaziri Baronessa Varsining O’zbekistonga bo’lgan tashrifi buning dalilidir” dedi janob Elchi. Mehmonlar London Shotlandiya polkining volinka va baraban musiqachilarining navolaridan va an’anaviy angliya musiqasidan bahramand oldilar. London Shotlandiya polkining musiqachilari Toshkentda va Xivada namoish o’tkazmoqdalar.

Нашр қилинган 14 June 2013
Сўнгги янгиланиш 14 June 2013 + show all updates
  1. Changed summary 'The British Ambassador hosted a reception marking Her Majesty’s the Queen’s Birthday, and hailed the strengthening UK-Uzbek relationship'

  2. Changed the summary 'Ambassador to Uzbekistan hosted a reception marking the Queen’s Birthday, and hailed the strengthening UK-Uzbek relationship'

  3. First published.