Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo'yicha elchisi O’zbekistonga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo'yicha xalqaro elchisi Rita French O’zbekistonga ‘virtual’ tashrif buyurdi.

Inson huquqlari bo’yicha Buyuk Britaniyaning xalqaro elchisi Rita French 2021 yil 20-21 yanvar kunlari O’zbekistonga birinchi “virtual” tashrifini amalga oshirdi.

Tashrifning maqsadi Buyuk Britaniya va O’zbekiston o’rtasidagi inson huquqlari sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va siyosiy munosabatlarni batafsil muhokama qilish, inson huquqlari, shu jumladan qiynoqlar, ommaviy axborot vositalari erkinligi, parlament faoliyati, fuqarolik jamiyatining rivojlanishi, diniy erkinlik, gender tengligi va shu kabi masalalarda to’htalib o’tish bo’ldi.

Tashrif davomida Elchi French yuqori darajadagi O’zbekiston rasmiylari bilan uchrashdi, shu jumladan Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Narbaeva, Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o’rinbosari va Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz direktori doktor Akmal Saidov. Bundan tashqari Elchi French Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Ombudsman sekretariati, mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va fuqarolik jamiyati faollari bilan ham uchrashuvlar o’tkazdi.

O’zining tashrifi haqida so’zlar ekan, Elchi French:

O’zbekistonga birinchi virtual tashrifimni amalga oshirganimdan mamnunman. Umid qilamanki, yaqinda pandemiya bilan bog’liq vaziyat yaxshilanib, men shaxsan tashrif buyurishim mumkin bo’ladi. Buyuk Britaniya butun dunyo bo’ylab inson huquqlarini qo’llab-quvvatlashga sodiqdir. Bizning O’zbekiston hukumati bilan bo’lgan muhokamalarimiz ko’plab mavzularni qamrab oldi. Bir qator sohalarda inson huquqlari masalasi ijobiy tarafga o’zgardi, ammo bundan tashqari yana islohotlar zarurligi aniq. Buyuk Britaniya O’zbekiston hukumati va fuqarolik jamiyatini inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlashda davom etadi”, deb ta’kidladi.

Qo’shimcha ma’lumot

Buyuk Britaniyaning Inson huquqlari bo’yicha xalqaro elchisi boshqa mamlakatlar bilan inson huquqlarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish va Buyuk Britaniyaning ustuvor kampaniyalarini ilgari surish uchun ishlaydi.

Rita French Buyuk Britaniyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi doimiy vakili o’rinbosari va inson huquqlari bo’yicha xalqaro elchisidir.

Нашр қилинган 2 February 2021