Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya va Italiya O’zbekistonda qayta tiklanadigan energiya bo’yicha muloqotni qo’llab-quvvatlashdi

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Toshkentdagi Turin politexnika universitetida yangilanuvchi energiya konferensiyasini tashkil etishni qo’llab-quvvatladi.

“Energiya o’tishi barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun haqiqiy impuls kabidir” deb nomlangan konferensiya Italiyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan birgalikda Italiyaning Turin politexnika universiteti ishtirokida 2021-yilning 15-oktabr kuni tashkil etildi.

Ikki elchixonaning mazkur tashabbusi 2021-yil noyabr oyida Glazgoda bo’lib o’tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o’zgarishi bo’yicha Konvensiyasi 26 –Tomonlar konferensiyasini (COP26) birgalikda boshqaradigan Italiya va Buyuk Britaniya uchun o’z vaqtida va ramziy ma’noga ega bo’ldi.

Konferensiya COP26ning Yevropa, Markaziy Osiyo, Turkiya va Eron bo’yicha mintaqaviy elchisi Devid Moran video-murojaati bilan ochildi. Anjumanda onlayn va oflayn tarzda sohaning yetakchi ekspertlari qatnashdilar, jumladan Buyuk Britaniya mutaxassislaridan Stratklayd universiteti kafedra mudiri o’rinbosari va ixcham energiya tizimlari professori Styuart Gallouey va “Juru Energy” kompaniyasining boshqaruvchi direktori Botir Gafurov “O’zbekistonda sarmoyaviy quyosh fotoelektr tizimi loyihasini ishlab chiqish: texnik nuqtai nazaridan” mavzusida taqdimot qildilar.

Ushbu tadbir umumiy maqsadlarga erishishda tajriba va fikr almashish imkoniyatini berish uchun qatnashchilarning e’tiborini siyosiy tahlillar va aniq tematik tadqiqotlarga qaratishi kutilmoqda. COP26ning Yevropa, Markaziy Osiyo, Turkiya va Eron bo’yicha mintaqaviy elchisi Devid Moran o’zining kirish nutqida shunday dedi:

Buyuk Britaniya past uglerodli iqtisodiyotni yaratish, yo’lga qo’yish va xarajatlarni kamaytirishni rag’batlantirish uchun to’g’ri siyosat va harakatlantiruvchi kuchlarni o’rnatishga qat’iy bel bog’lagani va loyihalarni moliyalashtirishning global markazi bo’lganiga asoslanib, past uglerodli energetika sohasida global yetakchi hisoblanadi.

Biz O’zbekiston hukumatiga qayta tiklanadigan energiya va professional xizmatlar sohasida keng ko’lamli yordam taklif etuvchi Britaniya kompaniyalarining top-menejerlari bilan uchrashishda yordam berishdan xursand bo’lamiz.

Qo’shimcha ma’lumot

Нашр қилинган 27 October 2021