Янгилик сюжетлари

O'zbekistondagi Buyuk Britaniya Kengashining tadbiri

Buyuk Britaniya Elchisi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo'lib o'tgan tadbirda so'z bilan chiqdi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Her Majesty’s Ambassador George Edgar

Picture source UzReport

Joriy yilning 19-24 avgust kunlari Buyuk Britaniya Kengashi tomonidan taqdim etilgan O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili o’qituvchilarini qayta tayyorlash uchun seminar-trening dasturi ochilish marosimida O’zbekistondaki Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar ishtirok etti. Tadbirga 200 kishidan ortiq tashrif buyurdi. Ular ichida: butun Respublikadan kelgan ingliz tili o’qituvchilari, Britaniya Kengashi vakillari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchilari, talabalar va jurnalistlar.

Seminar-treningdan ko’zlangan asosiy maqsad respublika miqyosida 250 ingliz tili o’qituvchilarini tadbiq etilayotgan ingliz tili o’qitishning yangi o’quv dasturi bilan tanishtirish va dastur bo’yicha dars olib boradigan o’qituvchi-professorlarni qayta tayyorlashga qaratilgan. Bu dastur O’zbekistondagi Britaniya Kengashi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Norich til o’qituvchilarining malakasini oshirish instituti hamkorligida yaratilgan. 1 Sentyabr 2013 yildan boshlab bo’lajak ingliz tili o’qituvchilari yangi dastur bo’yicha oqitiladi. Tadqiqotlarga ko’ra yangi dastur jahon standardlariga javob beradi.

“Buyuk Britaniya, O’zbekistondaki Britaniya Kengashi tomonidan O’zbekiston hukumatiga Ingliz tilini o’qitishda yordam ko’rsatayotganidan juda mamnunman. Bu hafta o’tkazilayotgan tadbir nafaqat O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini ijrosini ta’minlaydi balki Britaniya Kegashi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rtasida rivojlangan hamkorlikni ham aksidir. Ishonchim komil, yangi dastur va ushbu trening O’zbekiston o’qituvchilari uchun ularning muxim ishida ko’mak bo’la oladi” o’zining kirish nutqida dedi janob Elchi.

O’zbekiston va Buyuk Britaniyaning ta’lim sohasidagi hamkorligi 16 yillik samarali faoliyati bilan belgilanadi. Ushbu faoliyat ikki davlat o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi va O’zbekistondagi Britaniya Kengashi bo’limi 1996 yilda Toshkentda ochilishidan boshlangan. O’zbekistondagi Britaniya Kengashining loyihalari ta’lim sohasidagi milliy islohotlarni qo’llab-quvvatlashga va ingliz tili o’rganish ko’nikmalarini takommillashtirish va professional ravishda rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan.

Нашр қилинган 21 August 2013