Янгилик сюжетлари

Britaniya Elchisining ma'ruzasi

Buyk Britaniya Elchisi Yevropa Integratsiyasi jarayoni haqida O’zbek talabalari bilan suhbat qurdi

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
National University of Uzbekistan

National University of Uzbekistan

O’zbekiston Milliy Universitetida 28 may kuni O’zbekistondaki Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi va O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta’limi Vazirligi hamkorligida uyushtirilgan ilmiy-amaliy anjumanda Buyuk Britaniya Elchisi ishtirok etdi. Janob Elchi “Yevropa Integratsiyasining 60 yilligi: Muvaffaqiyatlar, Imkoniyatlar va Qiyinchiliklar” deya nomlangan ma’ruza bilan ko’plab talabalar va universitet domlalari qarshisida so’zga chiqdi. Bu tadbir “O’zbekistondaki Yevropa kunlari ” dasturidan joy olib, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarining elchilari bir qator Toshkent oily o’quv yurtlarida taqdimotlar o’tkazishi orqali O’zbek talabalarini Yevropa Ittifoqi haqidagi bilimlarini oshirish uchun yollantirilgan.

Janob Edgar ma’ruza chog’ida Yevropa Ittifoqining tarixi, 1950 yillarda tashkil topgan Yevropa Ko’mir va Po’lat Uyushmasining vaqtlaridan boshlab to xozirgi kungacha taraqqiyoti haqida ma’lumot berdi. Undan tashqari, janob Elchi integratsiya sohasida erishilgan yutuqlar, ular ichida: yagona bozor barpo etilishi, umumiy tashqi siyosat yaratilishi, odamlar, xizmatlar va mollar erkin harakati va albatta yaqinda yaratilgan va Baronessa Eshton tomonidan boshqarilayotgan Tashqi ishlar Faoliyati bo’yicha Yevropa Xizmatini eslatib o’tdi.

Bu anjumanda Xorijiy Filologiya, Falsafa, Sioyosat va Iqtisodiyot yonalishida taxsil olayotgan 80 dan ortiq talabalar va universitet domlalari qatnashdilar. Ma’ruza tugagach, Yevropa Ittifoqining kelejagi va O’zbekiston Yevropa Ittifoqi ikki taminlama munosabatlariga bag’ishlangan juda qizg’in savollar va javoblar sessiyasi joy oldi.

Нашр қилинган 29 May 2013