Янгилик сюжетлари

Tashqi ishlar vazirligining doimiy kotibi O`zbekistonga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining doimiy kotibi, ser Saymon Makdonald 24-26 sentabr O`zbekistonga tashrif buyurdi.

Sir Simon McDonald met Deputy Foreign Minister Mr Anvar Nasirov

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining doimiy kotibi va diplomatik xizmati boshlig’i, ser Saymon Makdonald 24-26 sentabr O’zbekistonga ishchi tashrif bilan keldi.

Tashrif davomida doimiy kotib O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari janob Anvar Nasirov, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o’rinbosari janob Sodiq Safoyev, va Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz Direktori janob Akmal Saidov bilan muzokaralar o’tkazdi.

Bundan tashqadi, ser Saymon Makdonald Samarqandga tashrif buyurdi, Toshkentda faoliyat yuritayotgan Britaniya korxonalari vakillari bilan, fuqarolik jamiyati vakillari, Britaniya universitetlari bitiruvchilari va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan uchrashdi.

O’zbekistonga tashrif yakunlarini yasab, ser Saymon quyidagilarni ta’kidlab o’tdi:

Men O’zbekistonga ilk safarimdan juda mamnunman. O’zbekiston juda go’zal mamlakat, va rivojlanish salohiyati kuchli davlat ekanligiga ishonch hosil qildim. Biz bir qator masalalarni muhokama qildik, jumladan iqtisodiy islohotlar va inson huquqlari kabi mavzularni. Men islohotlarning sur’ati va keng ko’lamligi bilan ta’sirlandim. Buyuk Britaniya ushbu islohotlarni imkon qadar qo’llab-quvvatlashga tayyordir.

Нашр қилинган 27 September 2017