Янгилик сюжетлари

Britaniya Oliy O’quv Yurtlari bitiruvchilarining Uyushmasi O’zbekistonda tuzildi

Chevening nomli Buyuk Britaniya davlat mukofotining 30-yilligiga bag’ishlab,O’zbekistonda Britaniya Oliy O’quv Yurtlari bitiruvchilarining uyushmasini tashkil etildi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Ambassador's opening speech

Chevening nomli Buyuk Britaniya davlat mukofotining 30yilligiga bag’ishlab, Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar O’zbekistonda Britaniya Oliy O’quv Yurtlari bitiruvchilarining uyushmasini (O’BBU) tashkil etti.

40 kishidan ortiq tashkil topgan Uyushmaning ochilish marosimi Miran Xalqaro Mehmonxonasida bo’lib o’tdi. Mehmonlar safida nufuzli Britaniya oliygohlarining bitiruvchilari ishtirok ettilar. Ular ichida Chevening grantlar dasturi tanlovining g’oliblari. Uyushmani tashkillashtirishdan asosiy maqsad – O’zbekistonda Britaniya bitiruvchilarini bir biri bilan tanishtirib, ularning o’zaro faoliyatini yolga qo’yish va O’zbekistonda Britaniya tajribasini ilgari surib mahalliy darajada davlat taraqqiyotiga ravnaq qo’shishdir.

Bobir Komilov, London Universitetini bitirgan Chevening grantlar dasturi g’olibi Uyushmaga rahbarlik qilmoqda. Ochilish marosim davomida janob Komilov Uyushma o’z oldiga qoygan ulkan maqsadlar haqida batafsil to’xtalib o’tdi. Janob Komilovning so’zlari bo’yicha Uyushma O’zbekiston va Buyuk Britaniya o’rtasida hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo’shib, uyushma a’zolarini bir birini qo’llab – quvvatlash uchun yo’l ochib beradi.

Marosimni Elchi janoblari o’z nutqi bilan ochib berdi. “Britaniya ta’lim tizimi butun dunyoda o’z samaradorligi bilan mashxur. Buyuk Britaniyada Yevropadagi eng yaxshi deb topilgan uch universitet va dunyo miqyosida 4 eng nufuzli oily ta’lim dargohlari aynan bu davlatta joylashgan. Bundan tashqari Buyuk Britaniya - bu Ingliz tili vatani. Har yili 600000 dan ortiq kishi BBga ingliz tilini o’rganishga boradi.

O’BBU yaratilishi O’zbekiston hamda Buyuk Britaniya o’rtasidagi kuchli rishtalarni yanada ham mustahkamlaydi. O’zbekiston yoshlarini Buyuk Britaniya ta’lim tizimiga nisbatan yildan yilga kuchayib borayotgan qiziqishi meni juda quvontirmoqda. Umid qilamanki, O’BBU Buyuk Britaniya oliygohlarining bitiriruvchilari uchun asos yaratib, intiluvchan yoshlarga maslahat hamda ko’mak bera oladi” dedi janob Edgar.

Нашр қилинган 4 November 2013