Eng katta bayroq Buyuk Britaniyaning mini - futbol bo’yicha jamoasini qo’llab quvvatladi
Joriy yilning 7-8 Sentyabr kunlari O’zbekiston Respublikasining Tashqi ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan XV – Xalqaro mini-futbol bo’yicha turniri bo’lib o’tdi.
Ushbu musobaqada O’zbekistondagi elchixonalar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalaridan 26 jamoa ishtirok etdi. Ular ichida Buyuk Britaniya elchixonasining jamoasi.
Jamoa sardorining 3 oylik o’g’li Buyuk Britaniya jamoasining ishqibozlari safini to’ldirib, tribunalardagi ishqibozlar Markaziy Osiyodagi eng katta Buyuk Britaniya bayrog’ini yo’yib (bayrog’ kattaligi – 3x5 metr) turnir ishtirokchilarini ruhini ko’tarib turdilar. Kuchli raqiblar bilan bel sinashib Buyuk Britaniya elchixonasining jamoasi oltita o’yinlardan to’rtasida g’alaba qozondi. Jamoaning o’z guruhidan chiqib ketishi uchun ballari yetrali bolmasa ham, ular o’z tomoshabinlarini mahorati va jo’shqin o’yini bilan lol qoldirdi.
O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar boshqa futbol ishqibozlari singari Buyuk Britaniya jamoasini qo’llab – quvvatladi va turnir yakunida quyidagi fikrni aytib o’tdi: “Buyuk Britaniya jamoasini bugungi yutuqlari bilan chin ko’ngildan tabriklayman va bugungi turnirni uyushtirganlarga va bu turnirda ishtirok etganlarga o’z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bugun hammamiz ajoyib tadbir guvohi bo’ldik va bu tadbirda do’stlik g’olib bo’ldi deb o’ylayman”.