Markaziy Osiyo go’zalligidan bahramand bo’lgan sayohatchilar
Ikki Britaniyalik sayohatchi ohirgi 4 oy davomida butun Markaziy Osiyo mintaqasini o’zi uchun kashf ettilar.

Ikki ot mingan Britaniyalik sayohatchi; Metyu Trever va Djeimi Medison ohirgi 4 oy davomida butun Markaziy Osiyo mintaqasi bo’ylab safar uyushtirdilar. Safari davomida ular Osiyo “Yuragi” deb atalmish mintaqa urf-odatlari va manaviyati bilan fotosuratlar, qisqa filmlar olib va shu yerli insonlar bilan muloqot orqali yaqindan tanishdilar.
Ser Mark Orel Stein boshchiligida Britaniyalik tadqiqotchilaridan tashkil to’pgan ekpeditsiya 1930 yilda Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan. Jeimi va Metyuning safari yuqorida aytib o’tilgan ekpeditsiyaning sharafiga tashkillashtirilgan. Ularning fikri bo’yicha bunday safarlar madaniy aloqalarni yanada ham mustahkamlaydi va millatlar aro turli ziddiyatlarni yo’qotadi.
O’zbekistonga safari chog’ida Britaniyalik sayohatchilar Toshkentdagi Buyuk Britaniya Elchixonasiga tashrif buyurib Elchi o’rinbosari Alison Beket bilan uchrashdilar. Bu muloqot davomida Jeimi o’z ta’surotlarini quyidagicha ifodaladi: “Qozog’iston, Tojikiston va O’zbekiston bo’ylab otlarda sayohat qilish men va do’stim uchun sharaf. Shu yerli insonlarning ko’magi uchun, biz bilan o’z uy-joyini, yuraklarini va maslahatlarini ayamagani uchun juda minnatdormiz. Otlarimiz ham biz uchun haqiqiy qahramonlarga aylandi.”
Buyuk Britaniyaga qaytganidan so’ng Jeimi bu mintaqa haqida bir qator maqolalarni chop etmoqchi, Metyu esa Markaziy Osiyo haqida hujjatli film yaratmoqchi.