Янгилик сюжетлари

Devid Moran, COP26 konferensiyasining Yevropa, Markaziy Osiyo, Turkiya va Eron bo'yicha Mintaqaviy elchisi O'zbekistonga tashrif buyurdi

Devid Moran, COP26 konferensiyasining Yevropa, Markaziy Osiyo, Turkiya va Eron bo'yicha Mintaqaviy elchisi 2021-yil 7-8 oktyabr kunlari O'zbekistonga tashrif buyurdi. Bu uning 2007-yilda Qirolichaning O'zbekistondagi Elchisi lavozimini tark etganidan deyarli 15 yil o'tib, Toshkentga birinchi rasmiy tashrifi bo'ldi.

Tashrif chog’ida Devid Moran Tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Farhod Arziyev, Sarmoyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o’rinbosari Laziz Qudratov, Energetika vaziri Alisher Sultonov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologik xizmatlar markazi(O’zgidromet) Bosh direktori o’rinbosari Firuz Safarov, hamda Buyuk Britaniya hukumatining Markaziy Osiyoda iqlim o’zgarishiga qarshi siyosat targ’iboti loyihasini amalga oshirayotgan BMTTD vakillari bilan uchrashdi.

Muhokama

Qo’shimcha ma’lumot

Нашр қилинган 11 October 2021