Янгилик сюжетлари

O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Angliya kuni” bo`lib o`tdi

25 aprelda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchixonasi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonada “Angliya kuni” deb nomlangan madaniy-ma`rifiy tadbir o`tkazdi.

Celebrating England at the National Library of Uzbekistan.

25 aprelda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchixonasi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonada “Angliya kuni” deb nomlangan madaniy-marifiy tadbir otkazdi. Ushbu tadbir Buyuk Britaniyada nishonlanayotgan bir qator muhim sanalarga bagishlangan edi: 21 aprel Qirolicha Elizaveta II 90 yoshligi, 23 aprel – Avliyo Georgiy, Angliyaning samo ilohi kuni, hamda Shekspirning tavvalud kuni va olimining 400 yilligi.

Tadbirda ishtirokchilarni Buyuk Britaniyaning madaniyati, ananalari va adabiy merosi bilan yaqindan tanishtirish uchun turli musobaqa va savol-javob oyinlar uyushtirildi. Ushbu tadbirda 50dan ortiq talabalar ishtirok etib, eng faol ishtirokchilar Elchixonadan sovrinlarga ega bolishdi. Tadbirda Milliy kutubxona direktori Asadjon Xojaev, Buyuk Britaniya Elchisi Kristofer Allan va Elchi orinbosari Fiona Makston soz bilan chiqdilar.

Oz nutqida Elchi orinbosari Makston xonim quyidagini takidlab otdi:

Biz Avliyo Georgiy kuni, Shekspir va Qirolichamizning tavallud kunlarini Milliy kutubxonada nishonlash imkoniga ega bolganimizdan mamnunmiz. Buyuk Britaniya boy va buyuk tarix va madaniyatga ega davlatdir. Buyuk ingliz shoir va dramaturg Shekspir esa, ingliz tilining rivojlanishiga beqiyos hissa qoshgan. Uning ijodining muhimligi, ozbek tiliga katta tasir o`tkazgan shoir – Alisher Navoiyning ijodi bilan taqqoslanishi mumkin.

Elchi Allan oz navbatida ingliz tilini organishga, Britaniyaning madaniyati, ananalari va adabiy merosini organishga ortib borayotgan qiziqishni mamnunlik bilan takidlab otdi. Bundan tashqari kelajakla ham Milliy kutubxona bilan hamkorlikda turli madaniy va ma`rifiy tadbirlarni tashkillashtirishga tayyorligini ifodaladi.

Нашр қилинган 29 April 2016