Янгилик сюжетлари

Britaniya - O’zbekiston musiqiy hamkorligi

Londondagi Shotlandiya Polkining ansambli O'zbekistonga tashrif buyurdi

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
The London Scottish Regiment Band at the State Conservatory of Uzbekistan

The London Scottish Regiment Band at the State Conservatory of Uzbekistan

17 iyun kuni Davlat Konservatoriyada Londondagi Shotlandiya Polkining ansambli va “Sug’diyona” nomli O’zbek Davlat Kamera Orkestrining milliy cholg’uchilari tominidan ijro etilgan taronalar hammaning e’tiborini jalb qildi. Londondagi Shotlandiya Polki ansamblning volinka va baraban musiqachilari Geri Anderson (volinka), Endryu Vizers (baraban) va Robert Grin (volinka va raqqos) Davlat Konservatoriyasining sahnasida o’zbek milliy musiqachilar bilan chiqish haqidagi takifni hursandchilik bilan qabul qilishdi.

Mr Andrew Withers and Mr Abdulla Ubaydullaev

Mr Andrew Withers and Mr Abdulla Ubaydullaev

“Sug’diyona” orkestri sozandalari Bekzod Turaev, Nasriddin Ro’ziev ba Abror Mansurov o’zbek milliy cholg’u asboblari yordamida (ular ichida nay, koshnay, nog’ora va doira) mahoratini ko’rsatishdi. Har bir musiqiy guruh o’zining milliy navolaridan qisqa parchalarni ijro etdi, undan so’ng esa ular birgalikda hech qanday tayyorgarliksiz noyob an’anaviy musiqalarni uyg’unlashishiga aylangan ajoyib “djem-seyshn” uyushtirishga muvofiq bo’ldilar. Dastur oxirida esa Robert Grin “Haylend Fling” deya nomlangan qadimiy Shotlandiya raqsini taqdim etti.

Mr Robert Green and Mr Abdulla Ubaydullaev

Bundan tashqari ansambl 13 iyun kuni uyushtirilgan Qirolichaning tug’ilgan kuniga bag’ishlangan marosimda, O’zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida va Toshkent Umumqo’shin qo’mondonlik o’quv yurtida va Xiva shaxrida chiqishlar uyushtirdi. Xiva shaxrida ular Alla Kulixon madrasasi qarshisida ajoyib kuylarini Xorazm viloyati musiqiy maktabi talabalariga va shaxar mehmonlariga taqdim ettilar. Maktabning eng yosh o’quvchilari esa Buyuk Britaniyalik mehmonlar uchun «Twinkle Twinkle Little Star» deya nomlangan ingliz kuyini skripkada chalib berishdi.

Londondagi Shotlandiya Polkining ansambli 1859 yilda tashkil topib, dunyodagi eng uzoq tarixga ega bo’lgan ko’ngillilar volinka ansambli sifatida mashhurdir.

Batafsil ma’lumot Londondagi Shotlandiya Polkining web sahifasida mavjud: http://www.londonscottishregt.org/

Нашр қилинган 19 June 2013
Сўнгги янгиланиш 21 June 2013 + show all updates
  1. The missing name inserted

  2. First published.