Янгилик сюжетлари

Britaniya elchixonasi, Xalq taʼlimi vazirligi iqlim bo’yicha davra suhbati oʻtkazdi

2021-yil 26-noyabrda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda iqlim bo’yicha loyihani ishga tushirish uchun davra suhbati tashkil etdi.

Bridging the education gap on climate change round table

Bridging the education gap on climate change round table

Davra suhbatida Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va “Zamin” jamg‘armasi vakillari ishtirok etdi. Tadbir Buyuk Britaniyadagi iqlim oʻzgarishi boʻyicha taʼlimning rivojlanishi, olingan saboqlar va joriy amaliyotlarni interaktiv muhokama qilish orqali iqlim oʻzgarishi boʻyicha taʼlim sohasidagi bilim va salohiyatni mustahkamlash imkonini berdi. Taqdimotni barqaror rivojlanish va ta’lim bo‘yicha xalqaro ekspert, hozirda Buyuk Britaniyadagi Edinburg universiteti geofanlar fakultetining energiya, atrof-muhit va jamiyat bo’yicha mudiri doktor Den fon der Horst olib bordi. XTV, “Zamin” jamg‘armasi vakillari, shuningdek, Chevening dasturi bitiruvchilari tomonidan qo‘shimcha taqdimotlar o‘tkazildi, ular O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ta’limning istiqbollarini muhokama qildilar hamda toza texnologiyalarga urg’u bergan alohida kam uglerodli xalqaro maktablarning amaliy misollarini taqdim etdilar.

Davra suhbati “O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari o‘rtasida xabardorlikni oshirish orqali iqlim o‘zgarishi va kam uglerodli texnologiyalar bo‘yicha ta’lim” loyihasiga start beradi. Loyiha XTV bilan hamkorlikda iqlim o’zgarishi bo’yicha ta’limni rivojlantirish va xabardorlikni oshirish kampaniyasi orqali xalq ta’limida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. Loyiha natijasida talabalar va XTV xodimlari iqlim o’zgarishi bo’yicha harakatlarni, xususan, odamlarning barqaror turmush tarzi /xulq-atvori orqali iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatishga qanday hissa qo’sha olishi hamda kam uglerodli texnologiyalarning ahamiyatini yaxshiroq tushunib oladilar. Shuningdek, loyiha COP26 maqsadlari bilan uyg’unlashish ahamiyatini ta’kidlaydi.

Qo’shimcha ma’lumot:

Yangiliklarimizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Нашр қилинган 1 December 2021