Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchixonasi Qirolichaning 90 yoshini nishonladi

2016 yilning 9 iyunida Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Kristofer Allan o’z qarorgohida Hazrati Oliyalari Qirolicha Yelizaveta II-ning 90 yoshligi, hamda Shekspir vafotining 400 yilligiga bag’ishlangan tantana o’tkazdi.

The Ambassador welcomed the guests and spoke of strengthening UK-Uzbekistan bilateral relations before proposing a toast to the Queen.

Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi, janob Kristofer Allan, 2016 yilning 9 iyunida o’z qarorgohida Qirolicha Yelizaveta II-ning 90-tavallud kuniga hamda “Shakespeare Lives”, ya’ni “Shekspir barhayot” kampaniya doirasida Uilyam Shekspir vafotining 400 yilligiga bag’ishlangan qabul marosimini o’tkazdi. “Shekspir barhayot” kampaniyasi 2016 yil davomida butun dunyo bo’ylab o’tkaziladigan, Shekspir ijodini va uning muttasil ta’sirini nishonlashga qaratilgan turli chora-tadbirlarni qamrab olgan.

Bu tadbirga 500ga yaqin yuqori martabali mehmonlar tashrif buyurdilar. Ular orasida Britaniya jamoatchiligining, diplomatik korpus va O’zbekistonning siyosiy, tadbirkorlik va madaniyat jamoatining vakillari bo’ldi. Mehmonlar qatorida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri janob Elyor Ganiyev, Oliy Majlisning Tashqi siyosat ishlari bo’yicha qomitasining raisi janob Sodiq Safoev tashrif buyurdilar. Alohida taklif qilingan mehmonlar orasida Elchixonaning Feysbukdagi sahifasidagi Shekspirga bag’ishlangan tanlovda qatnashgan va Qirolichaning tavallud kunini nishonlanishiga taklifnoma yutib olgan g’olib ham bor edi.

Elchi Allan mehmonlarni qutlab, O’zbekiston va Buyuk Britaniya ikki tomonlama aloqalarining mustahkamlanishi borasida to’xtalib o’tdi hamda Qirolicha sharafiga qadah ko’tardi:

Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki hamda Evropa Ittifoqining asosiy moliyaviy hissadori sifatida Buyuk Britaniya ushbu tashkilotlar orqali O’zbekiston rivojlanishi yo’lida bir necha million dollar miqdorida ajratiladigan grantlar va imtiyozli kreditlarga mablag’ ajratadi. Keyingi yil davomida biz davlat boshqaruvi, iqtisodiy va mintaqaviy rivojlanish kabi ustuvor yo’nalishlarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan yanada ko’proq mahalliy dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilayotganidan mamnunman.

Toshkentdagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Shekspir barhayot” kampaniyasi borasida Elchi shuni ta’kidladi:

So’nggi oylarda O’zbekistonga Globus teatrining tengi yo’q “Gamlet” spektakli hamda “Makbet” asari asosida sur’atga olingan yangi filmini namoyish etishga erishganimizdan faxrlanaman.

Tadbirning musiqaviy dasturi London Shotlandiya polki qatoridan volinka chaluvchi va barabanchi, hamda mashhur va an’anaviy Britaniya qo’shiqlarini ijro etgan “Flyin’ Up” guruhi tomonidan namoyish etildi.

Ushbu tadbirni o’tkazishda bir qator mahalliy, xalqaro va Britaniya kompaniyalari homiylik qildi; bu esa O’zbekiston va Buyuk Britaniya o’rtasidagi hamkorlikning yaqqol misolidir.

Нашр қилинган 14 June 2016