Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Elchixonasi nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari o’rtasidagi hamkorlikni qo’llab quvvatlab kelmoqda.

Joriy yilning 24 yanvar kuni O’zbekistondagi buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar “nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyatda hamkorligi” deya nomlangan “aylana stol” suhbatida qatnashdi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
British Embassy supports partnership between Uzbek media and NGO

Bu tadbir poytaxtimiz Toshkent va boshqa viloyatlarda 30dan ortiq bosma va elektron media jurnalistlarini yeg’ib, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi (JQTXM) va O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida o’tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari birgalikda davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash yollari, mahalliy va markaziy hokimiyat organlari ijtimoiy nazoratini yanada ham yaxshilash uchun huquqiy asoslari haqida to’xtalib o’tdi.

“Aylana stol” suhbati ishtirokchilari 2012-2013 yillarda O’zbekistonning 9 viloyatida amalga oshirilgan dasturlar bo’yicha ma’lumotga ega bo’ldi. Dasturlar davomida yuzlab jurnalistlar va nodavlat tashkilotlarning vakillari oquv treninglarda ishtirok etib, fuqaroviy jamiyat institutlarining faoliyatini yanada ham takominlashtirish yo’llarini o’rgangan. Bu loyiha uchun O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchixonasi mablag’ ajratgan.

“Biz qiziqish bilan Ijtimoiy Nazorat va Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi haqida qonun loyihalarini rivojlanishini kuzatmoqdamiz. Bunday qonunlar fuqaroviy jamiyatda fuqarolarning huquqlari, erkinligi va manfaatlarining ta’minlanishiga ko’mak bo’ladi va hukumat organlarini hamda hukumat vakillarini o’z burchiga ma’suliyat bilan yondashishiga undaydi” dedi janob Edgar “aylana stol” suhbati ochilish marosimida.

Janob Elchi “aylana stol” suhbati davomida ishtirokchilarga Britaniya jamiyati tajribasi haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi; jurnalistlar va nodavlat tashkilotlar vakillari hukumatni ochiqlik va javobgarlikka qanday qilib tortishi hamda markaziy va mahalliy hukumatni faoliyati haqida ma’lumot olish yollari.

Нашр қилинган 24 January 2014
Сўнгги янгиланиш 24 January 2014 + show all updates
  1. Added translation

  2. First published.