Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Elchixonasining ayollar huquqlari himoyasiga bag’ishlangan risola topshirish marosimi

Joriy yilning 10 iyun kuni Toshkentdagi Buyuk Britaniya Elchixonasida bo’lib o’tgan ushrashuv davomida Elchi, janob Jorj Edgar O’zbekiston no’davlat notijorat tashkilotlarini Milliy Assotsiyasiga 1400dan ortiq ayollar uchun huquqiy, ijtimoiy va psihologik yordam beradigan no’davlat notijorat tashkilotlar haqida risolalar topshirdi

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
British Embassy hands over booklets on women’s rights protection

Joriy yilning 10 iyun kuni Toshkentdagi Buyuk Britaniya Elchixonasida bo’lib o’tgan ushrashuv davomida Elchi, janob Jorj Edgar O’zbekiston no’davlat notijorat tashkilotlarini Milliy Assotsiyasiga 1400dan ortiq ayollar uchun huquqiy, ijtimoiy va psihologik yordam beradigan no’davlat notijorat tashkilotlar haqida risolalar topshirdi.Ushbu tadbir Qurolli Ixtilof sharoitida Jinsiy Zo’ravonlikka qarshi kurash masalalariga bag’ishlangan Global Sammit doirasida dunyoda bo’lib o’tayotgan bir qator tadbirlardan biridir. Yuqorida aytib o’tilgan risolaning O’zbek tilidagi nashri Buyuk Britaniya Elchixonasi tomonidan homiylashtirilgan va BMTning Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorligda ishlab chiqarilgan. Bu loyihadan asosiy maqsad – ayollarga turli hil yordam beradigan tashkilotlar haqida ogohlikni oshirishdir. BMTning Taraqqiyot Dasturi vakili bilan birga janob Elchi O’zbekiston no’davlat notijorat tashkilotlarini Milliy Assotsiyasining rahbari o’rinbosari Nasiba Miradilovaga risolalarni topshirib, tashkilotning kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. “O’tgan yillar davomida Elchixona bir qator ayollarning jamiyatda mavqe’ini ko’tarishga bag’ishlangan loyihalarga hissa qo’shib kelmoqda. Yaqinda biz Nukus shahrida “Ayollar va Biznes” deya nomlangan tadbir uyushtirdik. Ushbu tadbir davomida ayollar o’z biznesini tashkil etish va uni boshqarish bo’yicha saboq oldilar. Risola nashr etish loyihasini ham qo’llab – quvvatlaganimizdan mamnunman. O’ylayman, bu risola ijtimoiy barqarorlikka katta hissadir va umid qilamanki, ayollar bilan ishlaydigan tashkilotlarga risolamiz qo’l keladi” dedi janob Elchi o’z kirish nutqida.

Нашр қилинган 11 June 2014