Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Elchisining O’zbekiston viloyatlariga ilk tashrifi

2015 yilning 21-23 dekabrida Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Kristofer Allan O’zbekistonning bir necha shahar va viloyatlariga rasmiy tashrif buyurdi.

British Ambassador visits regions in Uzbekistan

2015 yilning 21- 23 dekabr kunlari davomida Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Kristofer Allan Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga rasmiy tashrif buyurdi.

2015 yilning 21-23 dekabrida Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi janob Kristofer Allan O’zbekistonning bir necha shahar va viloyatlariga rasmiy tashrif buyurdi.

21 dekabrda Elchi Allan Samarqand shahar hokimi o’rinbosari janob Umid Nazarov hamda Samarqand viloyat hokimi o’rinbosari janob Xayriddin Xo’jayorov bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida shaharning va viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, O’zbek-Britaniya qo’shma korxonalarning faoliyati va sarmoya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi. Janob Xo’jayorov Samarqand viloyatida 2015 yilning o’zida Britaniya sarmoyalari ishtirokida 9 nafar korxona ochilganini ta’kidlab o’tdi.

Shu kunning o’zida Elchi janoblari Shahrisabz shahriga tashrif buyurdi. Shahar hokimi o’rinbosari janob Zayniddin Halilov Elchini Amir Temurning Oqsaroyi kabi asosiy tarixiy obidalarni ko’rsatib, shaharda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari hamda buyuk sarkardaning 680 yilligiga bag’ishlangan keng ko’lamli tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishtirib o’tdi.

22 dekabr kuni Elchi Allan Surxondaryo viloyatiga, jumladan Boysun shahriga tashrif buyurdi. Boysun go’zal manzarali mintaqada joylashgan bo’lib, boy va noyob madaniyati, xalq ijodi, hunarmandchilik va etnografik me’rosi bilan ajralib turadi. Elchi Allan UNESCO ko’magida ochilgan Hunarmandchilik markaziga tashrif buyurib, qadimiy hunarmandchilik usullari va xalq ijodi bilan tanishtirildi. 23 dekabrda Elchi Surxondaryo viloyati hokimi o’rinbosari janob Abdujalil Abduqodirov hamda Termiz shahar hokimi o’rinbosari janob Po’lat Toshpo’latov bilan uchrashdi. Ular Termiz shahri va viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda investitsiya imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi. Elchi janoblari O’zbekiston bilan Britaniyaning o’zaro savdo-sotiqning hajmini oshirish ustuvor masalalardan biri ekanligini ta’kidlab o’tdi. Buyuk Britaniya elchixonasi O’zbek-Britaniya savdo va sanoat bo’yicha kengashi kabi hamkor tashkilotlar bilan ish olib borib, ikki mamlakatda biznes yuritish imkoniyatlari haqida O’zbekiston va Britaniya biznes doiralarini boxabar qiladi.

Shuningdek, Elchi Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyat boshqarmasining boshlig’i janob To’ra Bobolov bilan viloyat iqtisodiyotining muhim sohalariga, jumladan qishloq xo’jaligi, irrigatsiya va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, innovatsion texnologiyalar jalb qilishning muhimligini muhokama qildi.

Bundan tashqari, Elchi Allan Termiz Davlat Universitetiga va Termiz shahridagi bir necha tarixiy obidalarga tashrif buyurdi. Toshkentga qaytib, Elchi Allan shunday dedi:

Ushbu tashrif nihoyatda foydali va qiziqarli o’tdi. Men tarixi boy hamda O’zbekistonning iqtisodiyotiga katta hissa qo’shadigan viloyatlarga tashrif buyurdim. Ishonishimcha, mamlakatingizni va O’zbekiston xalqini tushunish uchun turli viloyatlariga borish juda muhimdir. Bundan tashqari, mening tashrifim O’zbekiston va Buyuk Britaniyaning o’zaro munosatablari qanchalik mustahkamligi haqidagi xabardorlikni oshirdi degan umiddaman. Mening tashrifimni uyushtirishda ko’mak ko’rsatgan barcha mas’ul hodimlarga minnatdorman.

Нашр қилинган 15 January 2016