Янгилик сюжетлари

Britaniya Elchisi o'z mamlakatining Yevropa Ittifoqidagi roli haqida gapirdi

Ambassador Mr George Edgar was invited to the BFA in Tashkent to deliver a presentation on the United Kingdom and the European Union.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
British Ambassador speaks about the UK role in the European Union

2015 yilning 10 mart kuni Buyuk Britaniya Elchisi janob Djordj Edgar Toshkentdagi Bank-moliya akademiyasiga tashrif buyurib, u erda Akademiya rahbariyatining taklifiga binoan «Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidagi roli» mavzusida ma’ruza o’qidi.

Ushbu ma’ruzada 100 dan ortiq talaba va professor-o’qituvchilar tarkibi a’zolari ishtirok etishdi. O’z ma’ruzasida janob Elchi Buyuk Britaniyaning 1973 yildan buyon Yevropa iqtisodiy hamjamiyatidagi (Yevropa Ittifoqining sobiq vazifadoshi) a’zoligining tarixi, hamda turli Buyuk Britaniya hukumatlarining shu yillar davomida Yevropa Ittifoqining iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida tutgan o’rni haqida gapirib berdi. Elchi, shuningdek, Yevropa Ittifoqining ohirgi o’n yillliklar ichida iqtisodiy integratsiyaga erishish, umumiy bozor yaratish, hamda samarali umumiy tashqi siyosatini shakllantirish kabi bir qator muvaffaqiyatlarni e’tirof etdi. Shu bilan birga Elchi Edgar bugungi kunda Yevropa Ittifoqi oldida turgan muammolar, hamda ularni hal qilish tadbirlari borasida so’zladi.

Ushbu ma’ruza tinglovchilar orasida katta qiziqish uyg’otdi. Tadbir yakunida Elchi Edgar ishtirokchilarning qo’shimcha savollariga javob berdi.

Нашр қилинган 12 March 2015