Янгилик сюжетлари

BHS birinchi rasmiy do’koni O’zbekistonda

Joriy yilning 22 avgust kuni O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar BHS (Britaniya Uyi) rasmiy do’konini tantanali ravishda ochib berdi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
BHS opens first franchise store in Uzbekistan

BHS Britaniyada ommabop tamg’a bo’lib, kiyim-kechaklar va uy aksessuarlarlarini taqdim etadi. BHSning 180 rasmiy do’konlari Buyuk Britaniya va butun dunyo bo’ylab 14 davlatta (bular ichida Yevropa davlatlari, Rossiya, Yaqin Sharq davlatlari va endi esa O’zbekistonda ham) xizmat ko’rsatadi.

Janob Elchi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar majmuasida, tantanali ochilish marosimini rasmiy tarzda, qizil lentani kesib, do’konni ochib berdi. Ochilish marosimda 150 mehmonlar ishtirok etti: ular ichida BHSning Londondan tashrif buyurgan vakillari, BHSning O’zbekistondagi franshiza hamkorlari, tadbirkorlar, jurnalistlar va jamoat vakillari.

BHS opens first franchise store in Uzbekistan

“O’zbekistonda Britaniya do’konining ochilish marosimida ishtirok etayotganimdan behat mamnunman. Ishonchim komil, O’zbekistonlik iste’molchilar Britaniyada ishlab chiqarilgan mollarning yuqori sifatiga baho beradi va BHS Toshkentlik oilalar va yakka xaridorlarning sevimli do’koniga aylanadi” – dedi janob Edgar ushbu tadbir doirasida.

Do’konning umumiy maydoni 850 kvadrat metrni tashkil etadi. Do’konda ayollar, erkaklar, bolalalr va uy aksessuarlari sotiladi. BHS dizaynerlari do’konda noyob atmosferani yaratish uchun uni Britaniya bayroqlari, ikki qavatli avtobus tasvirlari, Qirolichaning mashxur soqchilari va boshqa London shaxriga hos bo’lgan ramzlar bilan yasatib, u yerda Britaniya ruhini do’kon mehmonlari uchun aks ettirgan.

BHS opens first franchise store in Uzbekistan

BHS vakillariga qaraganda, Toshkentdagi BHS do’koni Britaniyadagi BHS do’koni kabi ko’rinishga ega bo’lib, bir xil mollarni hammabop narxlarda sotadi va eng asosiysi, iste’molchilarga yuqori darajali xizmat ko’rsatadi.

Нашр қилинган 22 August 2014