Янгилик сюжетлари

Britaniya qurilish texnikasini Toshkentdagi namoishi.

Buyuk Britaniya Elchisi va uning o’rinbosari JCB, qurilish texnikasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mashxur Britaniya kompaniyasi, tomonidan o’tkazilgan namoishda ishtirok ettilar.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Backhoe loader JCB 3CX Eco

Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar va uning o’rinbosari Fiona Makston JCB, qurilish texnikasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mashxur Britaniya kompaniyasi, tomonidan o’tkazilgan namoishda ishtirok ettilar. Namoish Toshkent shaxrining qurilish ob’ektlarining birida tashkil etilib, qurilishga butun dunyoda yetakchi hisoblangan JCB 3CX Eco ekskavatori ham jalb qilingan. Ekskavator Buyuk Britaniya milliy bayrog’i ranglarida boyalgan va shuning uchun Union Jack deya nomlangan.

2014 yilning avgust oyida UK Heavy Machinery, JCBning O’zbekistondagi rasmiy dileri, O’zbekiston poytaxti va bir nechta viloyatlarda Union Jackni demo namoishlarini uyushtirmoqchi. Toshkentda keng miqyosda qurilish ishlarini olib borayotgan mahalliy qurilish tashkilotlari JCB 3CX Eco ni tajribada qo’llab, ekskavatorning innovatsion imkoniyatlarini sinab ko’rishadi. JCB ekskavatorlari yanada ham samarador bo’lib, kamroq yonilg’i ishlatadi, atmosferaga kamroq zararli moddalar chiqaradi; shunday qilib, qurilish texnikasida o’z yetakchiligini yana bir bor isbotlaydi.

Elchi janoblari va Makston honim Union Jackni O’zbekistonning yangi shaxmat federatsiyasining binosi qurilishida ko’rishga muvofiq bo’ldilar. Bu yerda ular UK Heavy Machinery yetakchilari va Union Jackni haydovchilari bilan ham uchrashdilar. UK Heavy Machinery vakillari Elchiga ekskavatorning sir-asrorlari haqida ma’lumot berdilar.

“Bugun bizga taqdim etilgan texnika Britaniyaning uzoq yillar davomida mavjud bo’lgan va obro’ qozongan kompaniyaning maxsultoi bo’lib bizni o’z yuqori sifati bilan hayratta qoldirdi. Men JCB kompaniyasiga ulkan omadlar tilayman va umid qilamanki, ular O’zbekiston bozorida o’z o’rnini to’pa oladi.” dedi janob Elchi tadbirdan so’ng.

JCB kompaniyasi dunyoning qurilish texnikasini ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchilardan biri hisoblanadi. Bir yilda 300ta dona texnika ishlab chiqarib, o’z iste’molchilariga eng yuqori darajada xizmat ko’rsatadi. JCB o’z maxsulotlarini 150 davlatta sotadi. Bu davlatlar ichida O’zbekiston ham bor. JCBning vakolatxonasi O’zbekistonda 2013 yilda ochilgan.

Нашр қилинган 15 August 2014