Янгилик сюжетлари

Yuqori martabali Buyuk Britaniya davlat Vaziri Toshkentga tashrif buyurdi

11-12 iyun kunlari Buyuk Britaniya tashqi ishlar Vazirligining Yuqori martabali davlat Vaziri (Tashqi ishlar Vazirining Birinchi o’rinbosari) Saida Varsi rasmiy tashrif bilan O’zbekistonga keldi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Baroness Warsi with Uzbek students

Baroness Warsi with Uzbek students

Baronessa Varsi kelishidan asosoiy maqsadlari – Buyuk Britaniya va O’zbekiston o’rtasidaki ikki tamonlama munosabatlarni yanada ham mustahkamlash, va siyosiy aloqalar, mintaqaviy havfsizlik va inson huquqlari kabi savollarni muhokama qilish edi. O’z tashrifi cho’g’ida Baronessa Varsi O’zbekistonning bir qator yuqori martabali vakillari bilan uchrashdi. Ular ichida Bosh Vazirining birinchi o’rinbosari va Moliya Vaziri Rustam Azimov, O’zbekiston tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Komilov, Mudofaa Vazirining birinchi o’rinbosari general-mayor Viktor Makhmudoviev, Bosh Vazirning o’rinbosari - Xotin – qizlar qo’mitasi Raisi Elmira Basitkhanova va O’zbekiston Oliy Majlisi Tashqi siyosat ishlari bo’yicha qomitasining Raisi Senator Sodiq Safoyev. Bundan tashqari Vazir fuqarolik jamiyati vakillari, chet el davlatlari diplomatlari va xalqaro tashkilotlar vakillari, Toshkentda faoliyat yurutayotgan britaniyalik tadbirkorlar va bu yilning aprel oyida o’tkazilgan “Katta Sakkizlik” Sammitining Modeli loyihasida ishtirok etgan talabalar bilan samarali uchrashuvlar o’tkazdi. Bu Baronessa Varsining Buyuk Britaniya tashqi ishlar Vazirligining Yuqori martabali davlat Vaziri lavozimida O’zbekistonga birinchi tashrifi edi. Bu tashrifdan oldin Buyuk Britaniya tomonidan boshqa bir qator yuqori darajali tashriflar bo’lib o’tgan. O’tgan yilning fevral oyida Buyuk Britaniya Mudofaa Vaziri janob Filip Hammond Toshkentga kelgan va o’sha yilning aprel oyida Baronessa Varsi Portfelsiz Vazir lavozimida O’zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo’lgan. Baronessa Varsi Yuqori martabali Buyuk Britaniya davlat Vaziri lavozimiga 2012 yil sentyabr oyida tayinlangan. Bundan oldin esa Baronessa Konservativ Partiyaning rais o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Baronessa hozirgi paytda ham Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar palatasida Konservativ partiyasini vakilidir. Baronessa Varsi o’z lavozimida Afg’oniston, Pokiston va Bangladesh davlatlari bilan aloqalarni rivojlanishi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni rivojlanishi, inson huquqlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Xalqaro jinoiy sud va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni ilgari surish masalalari uchun mas’ul. Bundan tashqari Baronessa Varsi Lordlar palatasida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi faoliyati uchun javobgar.

Нашр қилинган 12 June 2013
Сўнгги янгиланиш 12 June 2013 + show all updates
  1. Added translation

  2. Added translation

  3. Added translation