Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirini birinchi o’rinbosarining O’zbekistonga tashrifi boshlandi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri birinchi o’rinbosari, Saida Varsining O’zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
The Rt Hon Baroness Warsi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri birinchi o’rinbosari, Saida Varsining O’zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi. 15 aprel oqshomida Baronessa Varsi Toshkentga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan keldi.

Baronessa Varsi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirinining birinchi o’rinbosari lavozimiga 2012 yil sentyabr oyida tayinlangan. Bundan oldin esa Baronessa Konservativ Partiya raisi o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Baronessa hozirgi paytda ham Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar palatasida Konservativ partiya vakilidir. Baronessa Varsi hozirigi lavozimida Afg’oniston, Pokiston va Bangladesh davlatlari bilan hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarning rivojlanishi, inson huquqlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Xalqaro jinoiy sud va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni ilgari surish masalalari uchun mas’uldir. Bundan tashqari Baronessa Varsi Lordlar palatasida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi faoliyati uchun javobgardir.

Baronessa oldin ham O’zbekistonga tashrif buyurgan - 2012 yil aprel oyida Portfelsiz Vazir lavozimida va 2013 yil iyunida hozirgi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirinining birinchi o’rinbosari sifatida kelgan. Oldingi tashriflari davomida Baronessa Varsi navqiron Samarqand, Buxoro va Xiva shaxarlarini ko’rishga muvaffaq bo’ldi.

Нашр қилинган 16 April 2014
Сўнгги янгиланиш 16 April 2014 + show all updates
  1. Added translation

  2. First published.